https://oz.sputniknews.uz/20221109/yangi-texnologiya-sirdaryoda-uzum-danagidan-moy-olish-yolga-qoyildi--video-29782850.html
Yangi texnologiya: Sirdaryoda uzum danagidan moy olish yo‘lga qo‘yildi – video
Yangi texnologiya: Sirdaryoda uzum danagidan moy olish yo‘lga qo‘yildi – video
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda uzum danagidan ilk bor moy olish yo‘lga qo‘yildi, kelajakda un ishlab chiqarish ham rejalashtirilmoqda. Batafsil Sputnik videolavhasida. 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T14:10+0500
2022-11-09T14:10+0500
2023-04-05T18:41+0500
video
sirdaryo
o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi
uzum
moy
turkiya
biznes
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29833120_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_45392d07ecde4aa8218384eec6565931.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. 2022-yilning boshida Sirdaryo viloyatida joylashgan “Bunyod Gold” korxonasida uzum danagidan moy olish texnologiyasi ishga tushdi.Ushbu loyihaning umumiy qiymati 2,7 mlrd. so‘m bo‘lib, undan Innovatsion rivojlanish vazirligining granti 1,6 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.Yangi korxona, oldin O‘zbekistonda deyarli foydalanilmaydigan, vino zavodlari chiqindisi - uzum danaklaridan xom-ashyo sifatida foydalanadi.Zavodda 8 nafar mutaxassis ishlaydi. Korxona yiliga 50 tonnaga yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.Bu yerda uzum yog‘i “sovuq siqish” uslubida ishlab chiqariladi. Bunda uzum danaklari dastlab quritiladi va maydalanadi, shundan so‘ng esa yuqori bosim ostida siqib moy olinadi. Ayni damda O‘zbekiston ichki bozorida uzum danagidan olingan yog‘ uchun talab u qadar yuqori bo‘lmasa-da, xorijda ushbu moyning 1 litri 5 dollardan 25 dollargacha sotiladi, - deydi korxona vakili.Mutaxassis aytishiga ko‘ra, kelgusida yog‘ olishdan qolgan qoldiqlarni qaytadan ishlov berib, un yaratish texnologiyasi ustida ishlanadi. Non mahsulotlariga uzum danagining uni qo‘shiladi, bu o‘sha mahsulotning uzoq muddat sifati buzilmasligini ta’minlaydi.Uzum danagi yog‘i kosmetika sanoatida, shuningdek, tibbiyot va pazandachilikda keng qo‘llaniladi.Misol uchun, Rossiyada uzum danagi yog‘idan 100 dan ortiq turdagi kosmetika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bular turli xil kremlar, piling va yuz maskalari, yuz va tana fitnes massaji uchun moylar, bioskrab va boshqalardir. Uzum danagi kukunini esa tabiiy sovun va shampun ishlab chiqarishda ishlatiladi.Uzum danagi yog‘i farmakologiyada ham keng qo‘llaniladi: ateroskleroz, tromboz, gipertonniya, ishemik kasalliklar, insult va infarktni davolash, varikoz, retinopatiya, gemorroy va boshqa kasalliklarni davolashda.
sirdaryo
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29833120_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_4ec21df636f0ae43d0a060c4753903d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, sirdaryo, o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi , uzum, moy, turkiya, biznes, video, rossiya
video, sirdaryo, o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi , uzum, moy, turkiya, biznes, video, rossiya
Yangi texnologiya: Sirdaryoda uzum danagidan moy olish yo‘lga qo‘yildi – video
14:10 09.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) O‘zbekistonda uzum danagidan ilk bor moy olish yo‘lga qo‘yildi, kelajakda un ishlab chiqarish ham rejalashtirilmoqda. Batafsil Sputnik videolavhasida.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. 2022-yilning boshida Sirdaryo viloyatida joylashgan “Bunyod Gold” korxonasida uzum danagidan moy olish texnologiyasi ishga tushdi.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 2,7 mlrd. so‘m bo‘lib, undan Innovatsion rivojlanish vazirligining granti 1,6 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.
Yangi korxona, oldin O‘zbekistonda deyarli foydalanilmaydigan, vino zavodlari chiqindisi - uzum danaklaridan xom-ashyo sifatida foydalanadi.
“Respublikada yiliga 5000 tonnagacha uzum danagidan samarasiz foydalanib kelinardi. Ushbu zavod ishga tushishi natijasida undan yiliga 50 tonnaga yaqin uzum yog‘i olinmoqda. Bu iqtisodiyotga katta foyda keltiradi”, dedi korxona direktori Shokir Yariyev.
Zavodda 8 nafar mutaxassis ishlaydi. Korxona yiliga 50 tonnaga yaqin tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Bu yerda uzum yog‘i “sovuq siqish” uslubida ishlab chiqariladi. Bunda uzum danaklari dastlab quritiladi va maydalanadi, shundan so‘ng esa yuqori bosim ostida siqib moy olinadi.
Ayni damda O‘zbekiston ichki bozorida uzum danagidan olingan yog‘ uchun talab u qadar yuqori bo‘lmasa-da, xorijda ushbu moyning 1 litri 5 dollardan 25 dollargacha sotiladi, - deydi korxona vakili.
“Hozirda sirdaryoda ishlab chiqarilayogan uzum moyiga Rossiya va Turkiyaning kosmetologiya korxonalari qiziqish bildirmoqda. Ularga ishlab chiqarilgan yog‘dan namunalar yuborilgan. Qat’iy texnik reglament asosida ish rejasi taqsimlangan. Mahsulotni xorijdagi kosmetika ishlab chiqaradigan zavodlarga xomashyo sifatida ham eksport qilmoqchimiz”, deydi mutaxassis.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, kelgusida yog‘ olishdan qolgan qoldiqlarni qaytadan ishlov berib, un yaratish texnologiyasi ustida ishlanadi. Non mahsulotlariga uzum danagining uni qo‘shiladi, bu o‘sha mahsulotning uzoq muddat sifati buzilmasligini ta’minlaydi.
Uzum danagi yog‘i kosmetika sanoatida, shuningdek, tibbiyot va pazandachilikda keng qo‘llaniladi.
Misol uchun, Rossiyada uzum danagi yog‘idan 100 dan ortiq turdagi kosmetika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bular turli xil kremlar, piling va yuz maskalari, yuz va tana fitnes massaji uchun moylar, bioskrab va boshqalardir. Uzum danagi kukunini esa tabiiy sovun va shampun ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Uzum danagi yog‘i farmakologiyada ham keng qo‘llaniladi: ateroskleroz, tromboz, gipertonniya, ishemik kasalliklar, insult va infarktni davolash, varikoz, retinopatiya, gemorroy va boshqa kasalliklarni davolashda.