Viktor Orban Samarqandga tashrif buyuradi

© SputnikPremyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoe foto
Premyer-ministr Vengrii Viktor Orban. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida ishtirok etadi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Samarqandga tashrif buyuradi. U Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) birinchi sammitida ishtirok etadi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, bugun sammit doirasida bir qator muhim uchrashuvlar o‘tkaziladi. Xususan, "Samarkand Regency" mehmonxonasida TDTga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlarning savdo vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari OAV uchun brifinglar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
TDTning birinchi sammiti 10-11 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0