https://oz.sputniknews.uz/20221109/vengriya-29836420.html
Vengriya Zelenskiyga 18 mlrd yevro ajratilishiga qarshi – OAV
Vengriya Zelenskiyga 18 mlrd yevro ajratilishiga qarshi – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqining Zelenskiyga 18 milliard yevro berish rejasi chippakka chiqish arafasida 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T16:56+0500
2022-11-09T16:56+0500
2022-11-09T16:56+0500
dunyoda
ukraina
yevropa
yevropa ittifoqi
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1d/18019324_0:0:3197:1799_1920x0_80_0_0_821194ef31047e14027e38f2c13a14c0.jpg
TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Vengriya Yevropa Ittifoqining moliyaviy yordam dasturi doirasida Kiyev rasmiylariga 18 milliard yevro o‘tkazish rejasini bloklaydi. Bu haqda RIA Novosti “Bloomberg” agentligiga tayanib, xabar bermoqda.Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Vengriya tomoni Brusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda YeI mamlakatlari moliya vazirlariga Ukraina uchun kelgusi yilga mo‘ljallangan yordam paketini tayyorlashni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan.Yevrokomissiya may oyida istisno tariqasida Ukrainaga to‘qqiz milliard yevrogacha bo‘lgan makromoliyaviy yordam paketini e’lon qildi. Mablag‘larni ajratish uchun YeKning rasmiy taklifi, so‘ngra Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevroparlamentning roziligi talab qilinadi.To‘qqiz milliarddan olti milliardi rasman kelishilgan, biroq pul hali to‘liq o‘tkazilmagan. Avgustda bir milliard, oktabrda yana ikki milliard ajratilgan. Kiyev qolgan mablag‘larni yil oxirigacha kutmoqda.Shu tariqa, may oyidagi paketdan yana uch milliard yevro ajratilishi kelishilmaganicha qolmoqda. Yevropa Komissiyasi ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis avvalroq Yevropa Ittifoqi bu yil ushbu mablag‘larni to‘lash bo‘yicha kelisha olmagani, bu mablag‘ 2023-yil uchun 18 milliardli yangi paketning bir qismiga aylanganini aytgandi.
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1d/18019324_258:0:2989:2048_1920x0_80_0_0_6ae5ac03e7abfe853ebc958559565ffd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, yevropa, yevropa ittifoqi, kredit
dunyoda, ukraina, yevropa, yevropa ittifoqi, kredit
Vengriya Zelenskiyga 18 mlrd yevro ajratilishiga qarshi – OAV
Yevropa Ittifoqining Zelenskiyga 18 milliard yevro berish rejasi chippakka chiqish arafasida
TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Vengriya Yevropa Ittifoqining moliyaviy yordam dasturi doirasida Kiyev rasmiylariga 18 milliard yevro o‘tkazish rejasini bloklaydi. Bu haqda RIA Novosti “Bloomberg” agentligiga tayanib, xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Vengriya tomoni Brusselda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda YeI mamlakatlari moliya vazirlariga Ukraina uchun kelgusi yilga mo‘ljallangan yordam paketini tayyorlashni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan.
“Yevropa komissiyasi chorshanba kuni Kiyevga yanada barqaror asosda imtiyozli kreditlar berishni taklif qiladi, biroq bu tashabbus Yevropa Ittifoqi budjetida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha zaxiralardan foydalanishni talab qiladi. Vengriya moliya vaziri Mixali Varga o‘z hamkasblariga 27 hukumatning bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan bunday variantni qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi”, deyiladi xabarda.
Yevrokomissiya may oyida istisno tariqasida Ukrainaga to‘qqiz milliard yevrogacha bo‘lgan makromoliyaviy yordam paketini e’lon qildi. Mablag‘larni ajratish uchun YeKning rasmiy taklifi, so‘ngra Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevroparlamentning roziligi talab qilinadi.
To‘qqiz milliarddan olti milliardi rasman kelishilgan, biroq pul hali to‘liq o‘tkazilmagan. Avgustda bir milliard, oktabrda yana ikki milliard ajratilgan. Kiyev qolgan mablag‘larni yil oxirigacha kutmoqda.
Shu tariqa, may oyidagi paketdan yana uch milliard yevro ajratilishi kelishilmaganicha qolmoqda. Yevropa Komissiyasi ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis avvalroq Yevropa Ittifoqi bu yil ushbu mablag‘larni to‘lash bo‘yicha kelisha olmagani, bu mablag‘ 2023-yil uchun 18 milliardli yangi paketning bir qismiga aylanganini aytgandi.