Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina qo‘shinlari Xerson yo‘nalishida katta yo‘qotishlarga duch keldi

© AFP 2023 / Yasuyoshi ChibaRaneniy ukrainskiy voyennoslujashiy v Xarkovskoy oblasti
Raneniy ukrainskiy voyennoslujashiy v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Frontda polshalik va ingliz tilida so‘zlashuvchi yollanma askarlarning borligi qayd etilgan.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Xerson yaqinida katta yo‘qotishlarga uchradi, halok bo‘lganlar ko‘p, ular orasida yollanma askarlar ham bor. Bu haqda RIA Novosti agentligiga viloyat ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.

“Halok bo‘lganlar juda ko‘p edi, jumladan, yollanma askarlar ham. Ko‘p texnika bor edi, ular yaxshigina ishdan chiqdi. Ularda ishchi kuchi va texnikada katta yo‘qotish bor”, - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, frontda polshalik va ingliz tilida so‘zlashuvchi yollanma askarlarning borligi qayd etilgan.

“Hozir ular mudofaa chizig‘iga qaytdi, shuning uchun bizning taktik vaziyatimiz yaxshiroq, chunki biz ularning hujumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan edik”, - deb tushuntirdi Stremousov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ukrainalik harbiylarning Xerson yaqinidagi qishloqlardan olingan selfilari Rossiya bo‘linmalari bo‘lmagan “kulrang” zonada olingan.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0