Dunyoda

Superkompyuter oxir zamon qachon boʻlishini bashorat qildi

© PixabayAllegoricheskoye izobrajeniye izmeneniya klimata Zemli
Allegoricheskoye izobrajeniye izmeneniya klimata Zemli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"World One" superkompyuteri prognozlariga koʻra, 2040 va 2050 yillar oraligʻida insoniyat yoʻqolib ketadi.
TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Tsivilizatsiya qonuniyatlarini bashorat qilishga moʻljallangan "World One" superkompyuteri insoniyatning yoʻq boʻlib ketish davrini belgilab berdi. Bu haqda Britaniyaning “The Daily Star” nashri maʼlum qildi.
1970-yillarda Rim klubi buyurtmasi bilan yaratilgan mashina 2050 yilda tsivilizatsiya qulashini hisoblab chiqdi. Oxir zamonning sababi odamlarning faoliyati, xususan, atrof-muhitning ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari boʻladi.

“Taxminan 2040 va 2050 yillar oraligʻida bu sayyorada tsivilizatsiyalashgan hayot yoʻqoladi”, - deyiladi prognozda.

Taʼkidlanishicha, hatto toʻliq “ekologik toza” avtomobillarga oʻtish va tugʻilishni qatʼiy nazorat qilish ham vaziyatni yaxshi tomonga tuzatmaydi.
“The Daily Star”, shuningdek, superkompyuterning 2020 yil uchun bashoratida sayyoraning holati “oʻta ogʻir” boʻlishi taʼkidlanganini eslatgan.
Yangiliklar lentasi
0