Samarqand va Sankt-Peterburg o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiSamarkand posetila delegatsiya iz Sankt-Peterburga vo glave s gubernatorom Beglovim
Samarkand posetila delegatsiya iz Sankt-Peterburga vo glave s gubernatorom Beglovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiya viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Sankt-Peterburg gubernatorining Samarqandga tashrifi doirasida bir qator tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi.
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiya viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashdi. Unda kelgusida Samarqand va Sankt-Peterburg o‘rtasida amalga oshiriladigan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiSamarkand posetila delegatsiya iz Sankt-Peterburga vo glave s gubernatorom Beglovim
Samarkand posetila delegatsiya iz Sankt-Peterburga vo glave s gubernatorom Beglovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Samarkand posetila delegatsiya iz Sankt-Peterburga vo glave s gubernatorom Beglovim
Uchrashuvda Samarqand viloyat hokimligi va Sankt-Peterburg hukumati o‘rtasida 2022-2026 yillarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi.
Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjud.
© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiSamarkand posetila delegatsiya iz Sankt-Peterburga vo glave s gubernatorom Beglovim
Samarkand posetila delegatsiya iz Sankt-Peterburga vo glave s gubernatorom Beglovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Samarkand posetila delegatsiya iz Sankt-Peterburga vo glave s gubernatorom Beglovim

"Hududlarimizning bundan keyingi qo‘shma qadamlari Samarqand viloyati va Sankt-Peterburg o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasida to‘liq o‘z ifodasini topgan. Ushbu hujjatda mehnat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha harakatlarimiz batafsil bayon etilgan”, - deydi Aleksandr Beglov.

Uchrashuvda shuningdek, ikki mamlakatning kutubxona markazlari va migratsiya sohasida hamkorlik qilishga ham kelishib olindi.
Quyidagilar o‘rtasida memorandumlar imzolandi:
A.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati Axborot-kutubxona markazi va V.Mayakovskiy nomidagi Sankt-Peterburg shahar markaziy kutubxonasi ;
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi.
1/2
2/2
1/2
2/2
Delegatsiyaning Samarqanddagi tashrifi davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sankt Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligida katta delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari, prezident Shavkat Mirziyoyev, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashishdi.
Sankt-Peterburg delegatsiyasi tarkibiga turli sohalar - mehnat migratsiyasini tashkil etishdan tortib, yog‘ochga ishlov berish va mebel ishlab chiqarishgacha bo‘lgan muassasa va korxonalar vakillari kiradi.
Yangiliklar lentasi
0