Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Politico”: AQSh Zelenskiyni Rossiya bilan muzokara pozitsiyasini o‘zgartirishga undadi

© AFP 2023 / SERGEI SUPINSKYPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Moskva bilan muzokaralarni boshlash uchun qo‘ygan ayrim shartlaridan voz kecha boshladi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. AQSh ma’muriyati Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish mumkin emasligi xususidagi bandni muloqotni boshlash shartlari ro‘yxatidan olib tashlashga undayapti. Bu haqda “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, 7-noyabr kuni Zelenskiy Moskva bilan muzokaralarni boshlash uchun beshta shartni sanab o‘tgan, ular orasida Putin bilan muzokara o‘tkazish mumkin emasligi haqida hech narsa aytilmagan. “Politico”ning yozishicha, pozitsiyaning o‘zgarishi “AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yumshoq turtkisi bilan bevosita bog‘liq”.
“Politico” ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy Kiyev va Vashington o‘rtasidagi uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, jumladan, AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning Ukrainaga tashrifi chog‘ida o‘z yondashuvini yumshatgan. AQSh rasmiylari Zelenskiydan muzokaralar bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ramagan, biroq Kiyev butun dunyoga mojaroni tinch yo‘l bilan tugatishga tayyorligini ko‘rsatishi kerakligini bildirgan. Nashr manbalaridan birining aytishicha, Vashington muzokaralar zudlik bilan boshlanishi kerak deb hisoblamaydi.
Rossiya Ukrainaga muzokaralar uchun shart qo‘ymaydi – Rudenko
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya rahbariyati hamon Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya G‘arb rasmiylari Moskva manfaatlarini hisobga olgan holda vaziyatni yumshatish bo‘yicha suhbat tashkil etishni taklif qilsa, ularni tinglashga tayyor.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qilganidan so‘ng G‘arb Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritdi va qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berish hajmini milliardlab dollarga oshirdi.
Moskva bir necha bor G‘arb qurollarini yetkazib berish Ukrainadagi mojaroni uzaytirishini va qurol ortilgan transport vositalari Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0