https://oz.sputniknews.uz/20221109/ozbekistonda-peterburgning-yirik-ish-beruvchilari-ishtirokida-mehnat-yarmarkalari-otkaziladi-29843309.html
O‘zbekistonda Peterburgning yirik ish beruvchilari ishtirokida mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi
O‘zbekistonda Peterburgning yirik ish beruvchilari ishtirokida mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Sankt-Peterburg gubernatori Samarqanddagi “Ishga marhamat” monomarkazi ishi bilan tanishdi. 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T19:20+0500
2022-11-09T19:20+0500
2022-11-09T19:20+0500
migratsiya
sankt-peterburg
samarqand
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29841776_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_627bb573a770c1d8ebf95b8556f7e403.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. 2023-yilda O‘zbekistonda Sankt-Peterburgning yirik ish beruvchilari ishtirokida mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi. Bu haqda Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif doirasida u yerdagi “Ishga marhamat” monomarkaziga borgan. Markaz ishsiz fuqarolarni ishga, tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.“Bugungi kunda mehnat va bandlik sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish juda muhimdir. Samarqandda “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdik. Biz bandlikni ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish bo‘yicha tajriba almashamiz”, - dedi Beglov.Sankt-Peterburg gubernatori shaharda boshqa mamlakatlardan kelayotgan ishchilar bilan ishlash uchun katta ishlar amalga oshirilayotganini qo‘shimcha qildi.Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi migrantlar ishini osonlashtiruvchi “Zabota” elektron ilovasini ishlab chiqqan. Shuningdek, assotsiatsiya mehnat migrantlari uchun ta’lim jarayonlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.Avvalroq Sankt-Peterburg gubernatorining Samarqandga tashrifi doirasida bir qator tashkilotlar, jumladan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolangani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/09/29841776_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_dc4179388c4dfdebe0fe62d22dc9779e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, sankt-peterburg, samarqand
migratsiya, sankt-peterburg, samarqand
O‘zbekistonda Peterburgning yirik ish beruvchilari ishtirokida mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi
Sankt-Peterburg gubernatori Samarqanddagi “Ishga marhamat” monomarkazi ishi bilan tanishdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. 2023-yilda O‘zbekistonda Sankt-Peterburgning yirik ish beruvchilari ishtirokida mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi. Bu haqda Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati matbuot xizmati
xabar berdi. Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif doirasida u yerdagi “Ishga marhamat” monomarkaziga borgan. Markaz ishsiz fuqarolarni ishga, tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga ko‘maklashadi.
“Bugungi kunda mehnat va bandlik sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish juda muhimdir. Samarqandda “Ishga marhamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishdik. Biz bandlikni ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish bo‘yicha tajriba almashamiz”, - dedi Beglov.
Sankt-Peterburg gubernatori shaharda boshqa mamlakatlardan kelayotgan ishchilar bilan ishlash uchun katta ishlar amalga oshirilayotganini qo‘shimcha qildi.
Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi migrantlar ishini osonlashtiruvchi “Zabota” elektron ilovasini ishlab chiqqan. Shuningdek, assotsiatsiya mehnat migrantlari uchun ta’lim jarayonlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.
“Mehnat va bandlik qo‘mitasi 2023-yilda O‘zbekistonda Sankt-Peterburgning yirik ish beruvchilari bilan mehnat yarmarkalarini o‘tkazadi. Bu iqtisodiyotga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish va ularni ishga joylashtirish jarayonini yengillashtirishga ko‘maklashadi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Sankt-Peterburg gubernatorining Samarqandga tashrifi doirasida bir qator tashkilotlar, jumladan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Xalqaro mehnat migratsiyasiga ko‘maklashish assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolangani
xabar qilingan edi.