https://oz.sputniknews.uz/20221109/iqbol-mirzo-maktablarda-chaqiruvgacha-tayyorgarlikni-kuchaytirishni-taklif-qildi-29822979.html
Iqbol Mirzo maktablarda chaqiruvgacha tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qildi
Iqbol Mirzo maktablarda chaqiruvgacha tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari o‘zbek maktab o‘quvchilarining chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarligini kuchaytirish zarurligini... 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T11:30+0500
2022-11-09T11:30+0500
2022-11-09T11:34+0500
jamiyat
deputat
maktab
o‘quvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/907/34/9073493_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_278984642a1aeaebc786bcb9e4697209.png
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, deputat, O‘zbekiston xalq shoiri Iqboljon Mirzaaliyev (Iqbol Mirzo) maktab o‘quvchilarini chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.Deputatning ma’lum qilishicha, bundan 10-yil avval respublika Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi mutaxassislar yetishmasligi sababli respublika maktablarida chaqiruvgacha bo‘lgan dastlabki tayyorgarlik fanini qoniqarsiz deb topgan.Deputat mazkur fan o‘smirlarni urushga tayyorlash emas, balki qiziqarli dars ekanligini ta’kidladi.Uning qo‘shimcha qilishicha, gap maktablarda qurol tarqatish haqida umuman ketayotgani yo‘q.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/907/34/9073493_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_ea504e182a2302cfdd57be677f9a274e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, deputat, maktab, o‘quvchilar
jamiyat, deputat, maktab, o‘quvchilar
Iqbol Mirzo maktablarda chaqiruvgacha tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qildi
11:30 09.11.2022 (yangilandi: 11:34 09.11.2022) Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari o‘zbek maktab o‘quvchilarining chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarligini kuchaytirish zarurligini tushuntirdi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, deputat, O‘zbekiston xalq shoiri Iqboljon Mirzaaliyev (Iqbol Mirzo) maktab o‘quvchilarini chaqiruvgacha bo‘lgan tayyorgarlikni kuchaytirishni taklif qildi. Bu haqda
Sputnik muxbiri xabar berdi.
Deputatning ma’lum qilishicha, bundan 10-yil avval respublika Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi mutaxassislar yetishmasligi sababli respublika maktablarida chaqiruvgacha bo‘lgan dastlabki tayyorgarlik fanini qoniqarsiz deb topgan.
"Umuman olganda, bu fanga kam e’tibor qaratilgan. Hozir maktablarning atigi 3 foizida to‘liq harbiy tayyorgarlik uchun zarur jihozlar mavjud. Ko‘pgina boshqa maktablarda hattoki saf tortish maydonchalari ham yo‘q", - deydi Mirzo.
Deputat mazkur fan o‘smirlarni urushga tayyorlash emas, balki qiziqarli dars ekanligini ta’kidladi.
“Har qanday o‘smir Vatan himoyachisi bo‘lib ulg‘ayishi, qo‘lida qurol tuta bilishi kerak. Afsuski, mening so‘zlarimni noto‘g‘ri talqin qilishmoqda. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar boshlang‘ich o‘quv mashg‘ulotlarida hech qanday yomon narsa yo‘q. Ertaga yigitlarning armiyada xizmat qilishlari oson bo‘ladi. Ushbu fan inson xulq-atvorini shakllantiradi. Bu unga erkaklik tuyg‘usini singdiradi, tartib-intizomga, or-nomusga o‘rgatadi”, - deydi deputat.
Uning qo‘shimcha qilishicha, gap maktablarda qurol tarqatish haqida umuman ketayotgani yo‘q.
“Men har qanday zo‘ravonliklarga qarshiman, men birinchi navbatda ta’lim-tarbiya haqida gapiraman”, - deya xulosa qildi Iqbol Mirzo .