AQSh va Rossiya yaqin haftalarda SNV-3 bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishi mumkin – OAV

© Sputnik / Sergei Guneev / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i SShA na mostu Monblan v Jeneve
Flagi Rossii i SShA na mostu Monblan v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
“Bloomberg” agentligining manbalarga tayanib xabar berishicha, uchrashuv Qohirada bo‘lib o‘tishi mumkin.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya yaqin haftalarda Strategik hujumkor qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma (SNV-3) doirasida tekshiruvlarni qayta boshlash uchun uchrashuv o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.
“Rossiya va Qo‘shma Shtatlar yaqin haftalarda SNV-3 doirasida yadroviy qurol obyektlarini tekshirishni qayta boshlash masalasini muhokama qilish uchun uchrashishni rejalashtirmoqda”, deyiladi agentlik xabarida.
Davlat departamenti vakili agentlikka SNV-3 ikki tomonlama maslahat komissiyasining yig‘ilishi tayyorlanayotganini tasdiqladi, biroq u qachon va aynan qayerda o‘tkazilishini aytishdan bosh tortdi. Biroq, u Jenevada o‘tkazilmasligini ta’kidladi.
“Bloomberg” agentligining manbalarga tayanib xabar berishicha, uchrashuv Qohirada bo‘lib o‘tishi mumkin.
DSNV-3 – AQSh-Rossiya o‘rtasidagi yagona yadroviy qurol ustidan nazorat rejimi Jo Bayden ma’muriyati tomonidan besh yilga uzaytirildi, uning muddati 2026-yilda tugaydi. Rossiya va Qo‘shma Shtatlar yadro qurolini cheklash bo‘yicha bo‘lajak shartnoma parametrlari bo‘yicha kelisha boshladi, biroq Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan keyin muloqotni to‘xtatdi. AQSh Davlat departamentida ta’kidlanishicha, Vashington Rossiya Federatsiyasi bilan strategik muloqotning yangi bosqichi imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Yangiliklar lentasi
0