https://oz.sputniknews.uz/20221109/aqsh-ukraina-va-rossiya-muzokaralari-haqida-gapira-boshlaganining-sababi-malum-boldi---oav-29838207.html
AQSh Ukraina va Rossiya muzokaralari haqida gapira boshlaganining sababi ma’lum bo‘ldi - OAV
AQSh Ukraina va Rossiya muzokaralari haqida gapira boshlaganining sababi ma’lum bo‘ldi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Nashrning yozishicha, AQShning pirovard maqsadi mojaroning cheksiz davom etishi. 09.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-09T18:58+0500
2022-11-09T18:58+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
aqsh
ukraina
jo bayden
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23627889_0:123:3207:1927_1920x0_80_0_0_2b652213a6f31fa811390175be811e55.jpg
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Jo Bayden ma’muriyati aslida Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdor emas va undan faqat Rossiya va Yevropani zaiflashtirish uchun foydalanmoqda. Bu haqda Xitoyning “Global Times” nashri yozmoqda.Mualliflarning fikricha, respublikachilarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni qisqartirishi haqidagi post AQShdagi oraliq parlament saylovlari oldidan ataylab qilingan, Oq uy aralashuvi tufayli Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralar barbod bo‘lishi mumkin ekan, Yevropa ittifoqchilarining iqtisodiy va energetik inqirozga qaramay, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va oshirishdan boshqa chorasi qolmaydi.Nashrning yozishicha, AQShning pirovard maqsadi mojaroning cheksiz davom etishi. Ukraina ham Rossiyani, ham Yevropani yo‘q qilish uchun piyoda sifatida qurbon qilinadi va bu orada Vashington nisbatan zarar ko‘rmaydi.“The Washington Post” gazetasi munozaralardan xabardor odamlarga tayanib, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina rahbariyatidan Rossiya bilan muzokaralarga ochiqlik ko‘rsatishni so‘raganini yozdi. “The Wall Street Journal” gazetasi esa o‘z manbalariga tayanib, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan so‘nggi oylarda Rossiya prezidentining tashqi ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan maxfiy muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23627889_238:0:2969:2048_1920x0_80_0_0_0a502f5e9c0a10549d003cd7220f6cfc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, ukraina, jo bayden, rossiya
dunyoda, aqsh, ukraina, jo bayden, rossiya
AQSh Ukraina va Rossiya muzokaralari haqida gapira boshlaganining sababi ma’lum bo‘ldi - OAV
18:58 09.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Nashrning yozishicha, AQShning pirovard maqsadi mojaroning cheksiz davom etishi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Jo Bayden ma’muriyati aslida Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishdan manfaatdor emas va undan faqat Rossiya va Yevropani zaiflashtirish uchun foydalanmoqda. Bu haqda Xitoyning “Global Times” nashri
yozmoqda.
Mualliflarning fikricha, respublikachilarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni qisqartirishi haqidagi post AQShdagi oraliq parlament saylovlari oldidan ataylab qilingan, Oq uy aralashuvi tufayli Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralar barbod bo‘lishi mumkin ekan, Yevropa ittifoqchilarining iqtisodiy va energetik inqirozga qaramay, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va oshirishdan boshqa chorasi qolmaydi.
Nashrning yozishicha, AQShning pirovard maqsadi mojaroning cheksiz davom etishi. Ukraina ham Rossiyani, ham Yevropani yo‘q qilish uchun piyoda sifatida qurbon qilinadi va bu orada Vashington nisbatan zarar ko‘rmaydi.
“The Washington Post” gazetasi munozaralardan xabardor odamlarga tayanib, AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina rahbariyatidan Rossiya bilan muzokaralarga ochiqlik ko‘rsatishni so‘raganini yozdi. “The Wall Street Journal” gazetasi esa o‘z manbalariga tayanib, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan so‘nggi oylarda Rossiya prezidentining tashqi ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov va Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan maxfiy muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berdi.