Alisher Usmonov - vijdonli soliq to‘lovchi, ayblovlar asossiz - tadbirkor vakili

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishAlisher Usmanov
Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2022
Obuna bo‘lish
Alisher Usmonovning vakili tadbirkorga Germaniya politsiyasi tomonidan qo‘yilayotgan ayblovlar asossiz ekanligini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Alisher Usmonov Rossiyada qonunga bo‘ysunuvchi fuqaro va vijdonli soliq to‘lovchi, Germaniyada unga qo‘yilayotgan ayblovlar asossiz va yolg‘on, - dedi tadbirkor vakili RIA Novosti nashriga.

“Ular asossiz, yolg‘on va tuhmat. Usmonov Rossiyada qonunga bo‘ysunuvchi va vijdonli soliq to‘lovchi. <...> Shuningdek, Usmonov dunyodagi eng saxovatli xayriya qiluvchilardan biri", - dedi vakil OAV savoliga javoban.

Germaniyaning “Spiegel” jurnali yozishiga ko‘ra, politsiya Shveysariyaning yirik UBS bankining Frankfurt va Munxendagi filiallarida amalga oshirilgan Alisher Usmonov bilan bog‘liq operatsiyalarni tekshirmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tergovchilarni Usmonovnini 2018-yildan 2020-yillar orasidagi ikki million yevro atrofidagi summa bilan bog‘liq operatsiyalar qiziqtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Yevropa Ittifoqi 28-fevral kuni Usmonovni Rossiya bilan bog‘liq sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor ushbu sanksiyalar ustidan shikoyat qilgan. Uning da’vosi 29-aprel kuni Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi sudida ro‘yxatga olingan.
Yangiliklar lentasi
0