https://oz.sputniknews.uz/20221108/xitoyda-sovet-askarlari-xotirasiga-ornatilgan-yodgorliklar-qayta-tamirlandi-29791446.html
Xitoyda sovet askarlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorliklar qayta ta’mirlandi
Xitoyda sovet askarlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorliklar qayta ta’mirlandi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Shimoli-sharqini 1945-yil avgustida yapon militaristlaridan ozod qilgan sovet askarlari sharfiga qo‘yilgan yodgorliklar ta’mirlandi. 08.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-08T12:20+0500
2022-11-08T12:20+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
xitoy
ikkinchi jahon urushi
tarixiy yodgorlik
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/08/29791579_0:370:960:910_1920x0_80_0_0_fe13507383c0f2fe04004b56d95ed8f0.jpg
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Xitoyning Tunszan va Dunnin aholi punktlarida sovet harbiylari sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklar ta’mirlandi. Bu haqda Rossiyaning Xarbin shahridagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi. Diplomatik missiyaning ta’kidlashicha, hammasi bo‘lib Xeylunszan provinsiyasi hududida Rossiyaning 36 ta harbiy yodgorlik obyektlari joylashgan. Ma’lumot uchun, Ikkinchi jahon urushi yakunida, 1945-yilning 9-avgust kuni Qizil armiya yapon militaristlari tomonidan bosib olingan Xitoyning shimoliy hududlarini ozod qilish maqsadida - Manchjuriya strategik operatsiyasini boshlagan edi. SSSR va Mongoliya qo‘shinlari ishtirok etgan harbiy operatsiya davomida Yaponiyaning Kvantun armiyasi to‘liq yakson qilinib, Xitoyning Shimoli-sharqi, Manchjuriya hududi, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kuril orollari to‘liq ozod qilingan edi. Manchjuriya harbiy operatsiyasi 1945-yilning 2-sentabrida Sovet Ittifoqining to‘liq g‘alabasi va Yaponiya kapitulyasi bilan yakunlangan edi. 25 kun davom etgan harbiy harakatlar davomida 12 ming sovet askarlari qurbon bo‘ldi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/08/29791579_0:280:960:1000_1920x0_80_0_0_abec78e2c878311c60375b347ce79d8f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, ikkinchi jahon urushi, tarixiy yodgorlik, rossiya
dunyoda, xitoy, ikkinchi jahon urushi, tarixiy yodgorlik, rossiya
Xitoyda sovet askarlari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorliklar qayta ta’mirlandi
12:20 08.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Xitoy Shimoli-sharqini 1945-yil avgustida yapon militaristlaridan ozod qilgan sovet askarlari sharfiga qo‘yilgan yodgorliklar ta’mirlandi.
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Xitoyning Tunszan va Dunnin aholi punktlarida sovet harbiylari sharafiga o‘rnatilgan yodgorliklar ta’mirlandi. Bu haqda Rossiyaning Xarbin shahridagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Xususan, Tunszan shahri bog‘idagi yodgorlik Qizil Armiyaning 2-Uzoq Sharq fronti askarlari va ofitserlari sharafiga o‘rnatilgan.
Dunnin shahri chekkasida, Sanchakou qishlog‘ida Qizil Armiyaning 1-Uzoq Sharq fronti askarlarining ommaviy qabri bor.
Diplomatik missiyaning ta’kidlashicha, hammasi bo‘lib Xeylunszan provinsiyasi hududida Rossiyaning 36 ta harbiy yodgorlik obyektlari joylashgan.
Ma’lumot uchun, Ikkinchi jahon urushi yakunida, 1945-yilning 9-avgust kuni Qizil armiya yapon militaristlari tomonidan bosib olingan Xitoyning shimoliy hududlarini ozod qilish maqsadida - Manchjuriya strategik operatsiyasini boshlagan edi. SSSR va Mongoliya qo‘shinlari ishtirok etgan harbiy operatsiya davomida Yaponiyaning Kvantun armiyasi to‘liq yakson qilinib, Xitoyning Shimoli-sharqi, Manchjuriya hududi, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kuril orollari to‘liq ozod qilingan edi.
Manchjuriya harbiy operatsiyasi 1945-yilning 2-sentabrida Sovet Ittifoqining to‘liq g‘alabasi va Yaponiya kapitulyasi bilan yakunlangan edi. 25 kun davom etgan harbiy harakatlar davomida 12 ming sovet askarlari qurbon bo‘ldi.