https://oz.sputniknews.uz/20221108/xitoy-ozbekistonga-sayyohlar-oqimini-oshirishga-yordam-beradi-29800947.html
Xitoy O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga yordam beradi
Xitoy O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga yordam beradi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy turizm bozoridagi eng yirik kompaniya o‘zining onlayn platformasi orqali O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qiladi – tafsilotlar. 08.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-08T16:31+0500
2022-11-08T16:31+0500
2022-11-08T16:31+0500
turizm
sayyohlar
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/08/29800173_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_fb471f7b4541ee99104769049a01ed73.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Xitoyning “Trip.com Group Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.Memarandumni Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov va Xitoyning “Trip.com” kompaniyasi ijrochi raisi Jeyms Lyan imzolashdi.Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad Xitoyda O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish va O‘zbekistonga xitoylik sayyohlar oqimini oshirishdan iborat.Uchrashuvda O‘zbekistonning turizm salohiyatini “Trip.com” onlayn platformasining resurslari orqali keng targ‘ib qilib borish masalasi ko‘rib чиқилди.“Trip.com” platformasi orqali quyidagilar amalga oshiriladi:Uchrashuvda tomonlar yangi qurilgan turistik obyeklar koordinatalari va ma’lumotlarini GPS xaritasida joylashtirish hamda sayyohlar oqimini oshirish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlik qilish masalalarini ham muhokama qilishdi.Ma’lumot uchun, “Trip.com Group Ltd.” kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Shanxayda joylashgan. Kompaniya dunyoning 32 davlatida 21 tilda 400 million foydalanuvchiga havo va temir yo‘l chiptalarini bron qilish, mehmonxonalar, avtoulovlarni ijaraga berish, turlar, vizani qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarni o‘z ichiga olgan to‘liq xizmatlar to‘plamini taqdim etadi.Kompaniya Xitoyning turizm bozorining 85% dan ortig‘ini qamrab oladi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/08/29800173_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ecbec5525984f3ee2a205dd3d252ab46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, sayyohlar, xitoy
Xitoy O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirishga yordam beradi
Xitoy turizm bozoridagi eng yirik kompaniya o‘zining onlayn platformasi orqali O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qiladi – tafsilotlar.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Xitoyning “Trip.com Group Ltd.” kompaniyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi
imzolandi. Memarandumni Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov va Xitoyning “Trip.com” kompaniyasi ijrochi raisi Jeyms Lyan imzolashdi.
Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad Xitoyda O‘zbekiston turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish va O‘zbekistonga xitoylik sayyohlar oqimini oshirishdan iborat.
Uchrashuvda O‘zbekistonning turizm salohiyatini “Trip.com” onlayn platformasining resurslari orqali keng targ‘ib qilib borish masalasi ko‘rib chiqildi.
“Trip.com” platformasi orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
O‘zbekistonning turistik salohiyati dunyo bo‘ylab targ‘ib qilinadi;
Marketing tadqiqotlarini o‘tkaziladi;
Xitoylik sayyohlar uchun yangi turistik yo‘nalishlari yaratiladi.
Shuningdek, mamlakatni eng yaxshi yo‘nalish sifatida ochib beruvchi PR kompaniyani tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Uchrashuvda tomonlar yangi qurilgan turistik obyeklar koordinatalari va ma’lumotlarini GPS xaritasida joylashtirish hamda sayyohlar oqimini oshirish yuzasidan uzoq muddatli hamkorlik qilish masalalarini ham muhokama qilishdi.
Ma’lumot uchun, “Trip.com Group Ltd.” kompaniyasi 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, shtab-kvartirasi Shanxayda joylashgan. Kompaniya dunyoning 32 davlatida 21 tilda 400 million foydalanuvchiga havo va temir yo‘l chiptalarini bron qilish, mehmonxonalar, avtoulovlarni ijaraga berish, turlar, vizani qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarni o‘z ichiga olgan to‘liq xizmatlar to‘plamini taqdim etadi.
Kompaniya Xitoyning turizm bozorining 85% dan ortig‘ini qamrab oladi.