https://oz.sputniknews.uz/20221108/xitoy-bilan-hamkorlikda-irsiy-kasalliklarni-erta-aniqlash-yolga-qoyiladi-29801548.html
Xitoy bilan hamkorlikda irsiy kasalliklarni erta aniqlash yo‘lga qo‘yiladi
Xitoy bilan hamkorlikda irsiy kasalliklarni erta aniqlash yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoyning xalqaro kompaniyasi bilan irsiy tadqiqot bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. 08.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-08T17:22+0500
2022-11-08T17:22+0500
2022-11-08T17:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
molekulyar-genetik test
o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/08/29801900_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_294ba16b53965c63ab75b002e21b83e1.jpg
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekistonda homiladagi irsiy buzilishlarni dastlabki bosqichda va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda aniqlash yo‘lga qo‘yiladi. Bunda Xitoyning BGI Genomics kompaniyasining irsiyat sohasida yaratilgan yangi texnologiyalar yordam beradi.Vazirlikning Sputnik muxbiriga xabar berishicha, kelgusi yildayoq respublikada yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va kattalardagi irsiy kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar qo‘llaniladi.Shuningdek, mutaxassislar ekstrakorporal (in vitro) urug‘lantirish davrida embrionlarda xromosoma anomaliyalarini aniqlash uchun genetik test o‘tkazishni rejalashtirmoqda.Bundan tashqari, yangi imkoniyatlar inson organizmida turli kasalliklar masalan, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet paydo bo‘lish ehtimolligini bashorat qilish, shuningdek organizmning tashqi omillar, jumladan -ultrabinafsha nurlanish, chekish, spirtli ichimliklar va turli dori vositalarining ta’siriga moyilligini tekshirish uchun ham tadqiqotlar o‘tkazadi.Yana bir imkoniyat - yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni 48 ta tug‘ma irsiy kasallik bo‘yicha mass-spektrometriya (LC-MS/MS) uslubida hamda yana 87 ta genetik kasalliklarni DNK sekvensiyasi (NGS) usuli yordamida skrining tekshiruvi tajriba loyihasini amalga oshirish ham rejalashtirilgan. Bunday tekshiruvlar natijasida turli kasalliklarni davolashda shaxsiy yondashuvni shakllantirish imkoni paydo bo‘ldi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/08/29801900_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_38d578da5d68b71080e2d1f50035537d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, molekulyar-genetik test, o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi
jamiyat, o‘zbekiston, xitoy, molekulyar-genetik test, o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi
Xitoy bilan hamkorlikda irsiy kasalliklarni erta aniqlash yo‘lga qo‘yiladi
Innovatsion rivojlanish vazirligi Xitoyning xalqaro kompaniyasi bilan irsiy tadqiqot bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi.
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekistonda homiladagi irsiy buzilishlarni dastlabki bosqichda va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda aniqlash yo‘lga qo‘yiladi. Bunda Xitoyning BGI Genomics kompaniyasining irsiyat sohasida yaratilgan yangi texnologiyalar yordam beradi.
Vazirlikning Sputnik muxbiriga xabar berishicha, kelgusi yildayoq respublikada yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va kattalardagi irsiy kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar qo‘llaniladi.
“Memorandumni imzolash doirasida BGI Genomics (XXR) va Albatros (O‘zbekiston) teng ulushli ishtirokida Genscreen qo‘shma kompaniyasi ochilishi e’lon qilindi.
Genscreen turli xromosoma kasalliklari natijasida kelib chiqqan sindromlarni erta tashxislash uchun tug‘ilgandan keyingi birinchi kunlarda neonatal skriningni ishlab chiqish va amalga oshirishda, aholi va mahalliy laboratoriyalarga turli testlarni yetkazib berish, jumladan, homiladorlikning 10-haftasidan boshlab homilador ayollarni testdan o‘tkazishda ishtirok etadi”, deya aniq kiritishdi vazirlikda.
Shuningdek, mutaxassislar ekstrakorporal (in vitro) urug‘lantirish davrida embrionlarda xromosoma anomaliyalarini aniqlash uchun genetik test o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, yangi imkoniyatlar inson organizmida turli kasalliklar masalan, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet paydo bo‘lish ehtimolligini bashorat qilish, shuningdek organizmning tashqi omillar, jumladan -ultrabinafsha nurlanish, chekish, spirtli ichimliklar va turli dori vositalarining ta’siriga moyilligini tekshirish uchun ham tadqiqotlar o‘tkazadi.
Yana bir imkoniyat - yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni 48 ta tug‘ma irsiy kasallik bo‘yicha mass-spektrometriya (LC-MS/MS) uslubida hamda yana 87 ta genetik kasalliklarni DNK sekvensiyasi (NGS) usuli yordamida skrining tekshiruvi tajriba loyihasini amalga oshirish ham rejalashtirilgan. Bunday tekshiruvlar natijasida turli kasalliklarni davolashda shaxsiy yondashuvni shakllantirish imkoni paydo bo‘ldi.