Turkiya Rossiyaga don saqlash uchun o‘z omborlarini taklif qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPshenitsa
Pshenitsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Turkiyada 8,5 million tonna donni kafolatlangan saqlash quvvati mavjud va yetarli infratuzilmaga ega.
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Rossiya Turkiyaning omborlaridan o‘z donini saqlash uchun xab sifatida foydalanishi mumkin, bunday yechim har ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi, dedi Turkiya un sanoati federatsiyasi (TUSAF) rahbari Eren Gunxan Ulusoy. RIA Novosti xabariga asosan.
“Moskva Turkiyani “don markazi”ga aylantirmoqchi. Barcha mahsulotlarni Turkiyada saqlash va shu yerdan tarqatish rejalashtirilgan. Bu mamlakatimiz uchun ajoyib qaror bo‘ladi”, - deydi Ulusoy.
Uning ta’kidlashicha, Turkiyada 8,5 million tonna kafolatlangan saqlash quvvati hamda bunday vazifalarni bajarish uchun yetarli infratuzilmaga ega.
“Bundan tashqari, Turkiya markaz bo‘lsa, tashish narxlari ham pasayadi. Ta’minot nuqtayi nazaridan ham, narx bo‘yicha ham muhim qadam qo‘yiladi”, deya qo‘shimcha qilgan Ulusoy.
Eslatib o‘tamiz, 22-iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMt vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzoladi. Birinchi memorandum BMTning Rossiya o‘g‘itlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash majburiyati bilan bog‘liq. Ikkinchisi Qora dengizdagi portlardan Ukraina donini eksport qilish algoritmini belgilaydi. Ushbu paketli bitim global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
O‘tgan hafta oxirida, Sevastopolda Qora dengiz floti kemalariga qilingan hujumdan so‘ng, Rossiya g‘alla bitimida ishtirok etishni to‘xtatdi, biroq Anqara bilan muzokaralar olib borgach va Kiyevdan yozma kafolatlar olgach, kelishuvga qaytdi. Shartnoma muddati 19-noyabrda tugaydi. Uni yana uzaytirish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0