Lazizjon Mullojonov pobedil kolumbiysa Marlo Xartado v pervom boyu ChM. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2023
Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023
Toshkentda 30-aprel - 14-may kunlari ilk bor Boks bo‘yicha erkaklar orasida Jahon Chempionati bo‘lib o‘tadi.

Toshkent boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

© O‘zbekiston boks federatsiyasiToshkentda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi
Toshkentda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Jahon chempionatida tarixda ilk bor 5,2 million dollarga teng rekord miqdordagi mukofot jamg‘armasi bo‘ladi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkent boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Aytilishicha, 2023-yilgi jahon chempionati 1-14 may kunlari Toshkentda o‘tkazilishi tasdiqlandi.
"Ishonamanki, boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati yuqori darajada o‘tkaziladi va tarixdagi eng zo‘rlaridan biri bo‘ladi. Men O‘zbekistonda bo‘lganman va u yerda musobaqalar qanday tashkil etilishini ko‘rganman. U yerdagi professionalizim va boksga bo‘lgan mehr ko‘p mamlakatlar uchun namuna bo‘ladi. Toshkentda yangi chempionlarni ko‘rishni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, deydi Umar Kremlov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tarixda ilk bor 5,2 million dollarga teng rekord miqdordagi mukofot jamg‘armasi bo‘ladi.
“Birinchi o‘rin uchun 200 ming dollar, ikkinchi o‘ringa 100 000 dollar, bronza medali sohiblariga esa 50 ming dollardan beriladi", -deydi IBA prezidenti Umar Kremlov.
O‘z navbatida, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Toshkent "jahon boksi poytaxti" bo‘lishidan mamnun ekanligini ta’kidladi.
"Bu tasodifan bo‘lib qolgani yo‘q, O‘zbekistonda uzoq yillardan beri saqlanib kelinayotgan boy boks an’analari bunga sababdir. O‘zbekiston boks oilasi nomidan shuni aytishim mumkinki, mamlakatimiz boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha ishni qiladi", dedi u.
Yangiliklar lentasi
0