Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaga muzokaralar uchun shart qo‘ymaydi – Rudenko

© Sputnik / BelTA / Mediabankka o‘tishRossiysko-ukrainskie peregovori v Belorussii
Rossiysko-ukrainskie peregovori v Belorussii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Diplomat Rossiyaning Ukraina inqirozi bo‘yicha AQSh bilan diplomatik aloqalari yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Moskva Kiyev bilan muzokaralarni boshlash bo‘yicha hech qanday talabni ilgari surmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ta’kidladi.

“Biz tomondan hech qanday shartlar yo‘q, faqat asosiy shart – Ukraina xayrixohlik ko‘rsatishi kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Rudenko.

U Kiyev rasmiylari Moskva bilan tinchlik muzokaralarini taqiqlovchi qonun qabul qilganini eslatdi. Diplomat bu qo‘shni davlat hokimiyatining ongli tanlovi ekanini ta’kidladi.

“Biz har doim bizning aybimiz bilan uzilmagan bunday muzokaralarga tayyorligimizni e’lon qilganmiz”, - dedi u.

Shu bilan birga, diplomat Rossiyaning Ukraina inqirozi bo‘yicha AQSh bilan diplomatik aloqalari yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
Kuni kecha Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Moskva Kiyev bilan muloqotga ochiqligini, biroq qo‘shni davlatning o‘zi Rossiya tomoni bilan har qanday muzokaralarni qonuniy ravishda taqiqlaganini aytgandi.
So‘nggi kunlarda G‘arb matbuoti AQSh va uning ittifoqchilari Ukrainani Rossiya bilan muzokaraga undayotgani haqida yozmoqda. Italiyaning “la Repubblica” gazetasiga ko‘ra, Shtatlar va NATO davlatlari Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muloqotni qanday sharoitda qayta boshlash mumkinligini muhokama qilmoqda.
Amerikaning “The Wall Street Journal” nashri manbalariga tayanib, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan so‘nggi oylarda Rossiya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov va Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan maxfiy aloqada bo‘lganini yozdi. Nashrning yozishicha, muzokaralardan maqsad Ukrainadagi mojaro avj olishining, jumladan, yadro qurolidan foydalanish tahdidining oldini olishdir.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0