Peterburg o‘zbek meva-sabzavotlari yetkazib berilishi ko‘paytirilishidan manfaatdor

© Press-slujba gubernatora Sankt-PeterburgaGubernator Sankt‑Peterburga Aleksandr Beglov vstretilsya s zamestitelem premyer-ministra Respubliki po voprosam investitsiy i vneshneekonomicheskix svazey – ministrom investitsiy i vneshney torgovli Jamshidom Xodjayevim.
Gubernator Sankt‑Peterburga Aleksandr Beglov vstretilsya s zamestitelem premyer-ministra Respubliki po voprosam investitsiy i vneshneekonomicheskix svazey – ministrom investitsiy i vneshney torgovli Jamshidom Xodjayevim.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda Sankt-Peterburg gubernatori O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan ikki tomonla hamkorlikni muhokama qildi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri sifatli O‘zbekiston meva-savzavotlarining yetkazib berilishi ko‘paytirilishidan manfaatdor. Bu haqda Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglovning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Toshkentdagi uchrashuvda tomonlar Sankt-Peterburg va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishgan.
Aleksandr Beglov Peterburg korxonalari tibbiyot-farmatsevtika, mebel va boshqa mahsulotlarni yetkazib berishni tashkillashtirish va kengaytirishga tayyorligini bildirgan.
O‘z navbatida, Rossiyaning shimoliy poytaxti sifatli meva-sabzavotlar yetkazib berilishi ko‘payishidan manfaatdor.
“Buning uchun Peterburgda O‘zbekiston Respublikasi mahsulotlariga mo‘ljallangan ulgurji-taqsimlovchi markazlar tarmog‘ini tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda”, - deyiladi Sankt-Peterburg meriyasi xabarida.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakat 760,2 mln dollarlik meva va sabzavot eksport qilgan. Shu davr mobaynida Rossiya O‘zbekistondan 380 ming tonna meva va sabzavot xarid qilgan va asosiy importchi davlatlar orasida Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinda.
Yangiliklar lentasi
0