https://oz.sputniknews.uz/20221108/ozbekistonda-xizmat-korsatgan-artist-eleonora-dmitrieva-vafot-etdi-29811401.html
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Eleonora Dmitriyeva vafot etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Eleonora Dmitriyeva vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi Rus drama teatri artisti Eleonora Ivanovna Dmitriyeva 1937-yil 8-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 08.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-08T18:40+0500
2022-11-08T18:40+0500
2022-11-08T18:40+0500
madaniyat
toshkent
teatr
o‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
vafot etdi
ta’ziya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1311/53/13115386_0:66:3072:1794_1920x0_80_0_0_d352b79836a1eb211479e53bd957d869.jpg
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri Yetakchi sahna ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Eleonora Ivanovna Dmitriyeva 85 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Eleonora Ivanovna 1937-yil 8-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1960-yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik institutini tamomlab, M.Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatri truppasiga qabul qilingan.U uzoq yillar davom etgan ijodiy faoliyati davomida serqirra ijodkor sifatida ko‘plab unutilmas rollarni ijro etdi. Eleonora Ivanovna insoniy his-tuyg‘ularni, kechinmalarni, qat’iyatlilik va xarakterning qirralarini yetkaza olishdek noyob iste’dod va mahoratga ega edi. Ayniqsa, fransuz dramaturgi Jan-Pyer Abuning “Oilaviy kechki ovqat” (sahnalashtiruvchi rejissor B.Hamidov) spektaklidagi oilaning hukmdor, mag‘rur va o‘tkir uy bekasi obrazi aktrisaning eng yorqin rollaridan biriga aylandi.“Eleonora Ivanovnani tomoshabinlar yaxshi ko‘rishar, uning ishtirokidagi spektakllarga bayramga kelgandek tashrif buyurishar edi. Tashqi ko‘rinishi va latofati, noyob iste’dodi bilan har doim tomoshabinni o‘ziga jalb etadigan yana bir betakror mahorat egasi, go‘zal va nafosatli aktrisa san’at va bu yorug‘ olamni tark etgani barchamiz uchun qayg‘uli hodisadir. Eleonora Ivanovna Dmitriyevaning vafoti munosabati bilan Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri jamoasi hamda aktrisaning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etadi”, - deyiladi vazirlik ta’ziyasida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1311/53/13115386_227:0:2958:2048_1920x0_80_0_0_ce2360fc92d156e02e340378d7ba349d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, toshkent, teatr, o‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, vafot etdi, ta’ziya
madaniyat, toshkent, teatr, o‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, vafot etdi, ta’ziya
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Eleonora Dmitriyeva vafot etdi
Toshkentdagi Rus drama teatri artisti Eleonora Ivanovna Dmitriyeva 1937-yil 8-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri Yetakchi sahna ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Eleonora Ivanovna Dmitriyeva 85 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Eleonora Ivanovna 1937-yil 8-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1960-yilda A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomlik institutini tamomlab, M.Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatri truppasiga qabul qilingan.
U uzoq yillar davom etgan ijodiy faoliyati davomida serqirra ijodkor sifatida ko‘plab unutilmas rollarni ijro etdi. Eleonora Ivanovna insoniy his-tuyg‘ularni, kechinmalarni, qat’iyatlilik va xarakterning qirralarini yetkaza olishdek noyob iste’dod va mahoratga ega edi. Ayniqsa, fransuz dramaturgi Jan-Pyer Abuning “Oilaviy kechki ovqat” (sahnalashtiruvchi rejissor B.Hamidov) spektaklidagi oilaning hukmdor, mag‘rur va o‘tkir uy bekasi obrazi aktrisaning eng yorqin rollaridan biriga aylandi.
“Eleonora Ivanovnani tomoshabinlar yaxshi ko‘rishar, uning ishtirokidagi spektakllarga bayramga kelgandek tashrif buyurishar edi. Tashqi ko‘rinishi va latofati, noyob iste’dodi bilan har doim tomoshabinni o‘ziga jalb etadigan yana bir betakror mahorat egasi, go‘zal va nafosatli aktrisa san’at va bu yorug‘ olamni tark etgani barchamiz uchun qayg‘uli hodisadir. Eleonora Ivanovna Dmitriyevaning vafoti munosabati bilan Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri jamoasi hamda aktrisaning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor etadi”, - deyiladi vazirlik ta’ziyasida.