https://oz.sputniknews.uz/20221108/moskva-don-boyicha-kelishuvning-rossiyaga-taalluqli-qismi-bajarilmayotganidan-norozi---rudenko-29807534.html
Moskva don bo‘yicha kelishuvning Rossiyaga taalluqli qismi bajarilmayotganidan norozi - Rudenko
Moskva don bo‘yicha kelishuvning Rossiyaga taalluqli qismi bajarilmayotganidan norozi - Rudenko
Sputnik O‘zbekiston
Don bo‘yicha kelishuvi uzaytirishda uning Rossiyaga taaluqli qismi bajarilmayotgani ham hisobga olinadi - Rossiya TIV vakili. 08.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-08T19:46+0500
2022-11-08T19:46+0500
2023-04-05T18:41+0500
ukraina
turkiya
bmt
oziq-ovqat
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/11/24609856_0:146:3125:1904_1920x0_80_0_0_789d5cea38b52e1061a36219b8a41b58.jpg
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Moskva don kelishuvi doirasida Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘itiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlash jarayonining borishi Moskvani qanoatlantirmayapti. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.Rudenko BMT Moskva ko‘rsatgan muammolarni hal qilish majburiyatini olganini eslatib o‘tdi.“Hali vaqt bor va bizning ishtirokimiz tiklanganidan keyin kelishuv qay tartibda amalga oshirilayotganini kuzatapmiz”, deydi vazir o‘rinbosari.22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.29 oktabr kuni Kiyev rejimi Sevastopolda rus kemalariga terakt uyushtirganidan so‘ng, Rossiya don bitimidagi ishtirokini to‘xtatdi, biroq Turkiya bilan muzokaralar olib borgach va Ukrainadan yozma kafolatlar olgach, kelishuvga qaytdi. Biroq bitim 19-noyabrgacha amal qiladi.
ukraina
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/11/24609856_197:0:2928:2048_1920x0_80_0_0_0fe7a4a22fd65d3531a339e2e4e4dd25.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, turkiya, bmt, oziq-ovqat, rossiya
ukraina, turkiya, bmt, oziq-ovqat, rossiya
Moskva don bo‘yicha kelishuvning Rossiyaga taalluqli qismi bajarilmayotganidan norozi - Rudenko
19:46 08.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Don bo‘yicha kelishuvi uzaytirishda uning Rossiyaga taaluqli qismi bajarilmayotgani ham hisobga olinadi - Rossiya TIV vakili.
TOShKENT, 8 noya - Sputnik. Moskva don kelishuvi doirasida Rossiyaning oziq-ovqat va o‘g‘itiga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlash jarayonining borishi Moskvani qanoatlantirmayapti. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko ma’lum qildi, deb
xabar berdi RIA Novosti.
“Rossiya qismi bo‘yicha sezilarli o‘sishni ko‘rmayapmiz. (Don bo‘yicha kelishuvni – tahr.) uzaytirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishda barcha omillar hisobga olinadi”, - dedi diplomat.
Rudenko BMT Moskva ko‘rsatgan muammolarni hal qilish majburiyatini olganini eslatib o‘tdi.
“Hali vaqt bor va bizning ishtirokimiz tiklanganidan keyin kelishuv qay tartibda amalga oshirilayotganini kuzatapmiz”, deydi vazir o‘rinbosari.
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina donini eksport qilishda Rossiyaning yordami bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.
29 oktabr kuni Kiyev rejimi Sevastopolda rus kemalariga terakt uyushtirganidan so‘ng, Rossiya don bitimidagi ishtirokini to‘xtatdi, biroq Turkiya bilan muzokaralar olib borgach va Ukrainadan yozma kafolatlar olgach, kelishuvga qaytdi. Biroq bitim 19-noyabrgacha amal qiladi.