Davlat korxonalari kuzatuv kengashiga nomzodlar tanlab olishning yangi tartibi belgilandi

Noutbuk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga oid ma’lumotlar maxsus portalga joylashtirib boriladi. Bu haqida Hukumat tomonidan qabul qilingan 647-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarishni ta’minlovchi cns.davaktiv.uz portali ishga tushirilgan.
Kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlar tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar asosida tanlab olinadi.
Nizom nomzodlarga qo‘yilgan talablar, saralash bosqichlari va tartibi, komissiya vazifalari, baholash tartibini belgilaydi.
2023 yil 1-yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining tarkibi, bo‘sh o‘rinlarga oid ma’lumotlar o‘zgarish bo‘lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda cns.davaktiv.uz maxsus portalga joylashtiriladi.
Ma’lumotlarni joylashtirmagan korxona ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0