Indoneziya prezidenti Putin G20 sammitida qatnashmasligini istisno qilmadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba "Valday"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Indoneziya prezidenti Putin bilan suhbatdan keyin shunday fikrga kelgan.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Bu yilgi G20 sammitiga mezbonlik qiluvchi Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning tadbirda qatnashmasligidan “qattiq ta’sirlandi”, deb yozadi “The Financial Times”.
Indoneziya prezidenti gazetaga bergan intervyusida 2-noyabr kuni Putin bilan suhbatdan keyin shunday fikrga kelganini aytdi. Uning qayd etishicha, Rossiya rahbari 15-16 noyabrkunlari bo‘lib o‘tadigan sammitga taklif qilingan.
Putin oktabr oyi oxirida tadbirda ishtirok etishini istisno qilmasligini aytdi. Shu bilan birga, davlat rahbari sammitda Rossiya albatta yuqori saviyada ishtirok etishini ta’kidladi.
Tadbirda AQSh prezidenti Jo Bayden ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Rossiya va AQSh rahbarlarining rasmiy aloqalari rejalashtirilmagan. Putin oktabr oyi o‘rtalarida amerikalik hamkasbi bilan muzokaralar o‘tkazish zaruriyatini ko‘rmayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, hozirda bunday muloqot uchun platforma mavjud emas.
O‘z navbatida, Amerika yetakchisi G20 doirasida Rossiya prezidenti bilan “uchrashmoqchi emasligini” aytdi.
Sentabr oyi oxirida Jakarta Indoneziya hukumati Rossiya rahbarini qabul qilishga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qildi. Prezident ma’muriyati rahbari Xeru Budi Xartononing so‘zlariga ko‘ra, tashrif davomida Putinga hamrohlik qilish ssenariysi yuqori darajada muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin hafta oxirigacha G20 sammitida ishtirok etish yoki etmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishini ma’lum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0