Germaniyadagi hayvonot bog‘lari energiya narxining oshishi oqibatida katta zarar ko‘rmoqda

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Berlinskiy zoopark
Goroda mira. Berlinskiy zoopark - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Hayvonot bog‘larining ba’zilari qo‘shimcha jamg‘arma choralarini joriy qilgan bo‘lsa, ayrimlari bunday holatga bardosh bera olmay, hayvonlarni berib yubormoqda.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Energiya narxining oshishi va inflyatsiya Germaniya hayvonot bog‘lariga ham ta’sir o‘tkazdi. Natijada hayvonot bog‘lari energiya inqirozi sharoitida hayvonlar uchun xayriya pullarini yig‘ishni boshladi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Hayvonot bog‘larining ba’zilari qo‘shimcha jamg‘arma choralarini joriy qildi. Ayrimlari hayvonlarni issiqlik bilan ta’minlash uchun xayriya pullarini yig‘ishni boshladi. Qolganlar esa bunday holatga bardosh bera olmay, hayvonlarni berib yubormoqda.
Hozirgi inqiroz ortidan Drezdendagi hayvonot bog‘i eng ko‘p zarar ko‘rdi. U 1-noyabrdan boshlab "yirik" isitish xarajatlari tufayli terrariumni yopishga majbur bo‘ldi.

“Terrariumdagi sudralib yuruvchilarning bir qismi yangi orangutan uyiga ko‘chib o‘tishi natijasida saqlanib qolingani tasalli beradi. Hayvonot bog‘ida biz bilan qololmaydigan turlar boshqa qo‘riqchilarga o‘tkaziladi", - deydi tashkilot vakili.

Qayd etilishicha, bog‘ vakillari sudralib yuruvchilarning 10 turi va baliqlarning 25 ga yaqin turi bilan ajralishga majbur bo‘lishdi.
Barcha hayvonlar allaqachon yangi qo‘riqchilarga tarqatilgan. Ularning yangi egalari nafaqat Germaniyada, balki Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ham borligi qo‘shimcha qilindi.
Berlindagi ikkita hayvonot bog‘i, jumladan, Germaniyadagi eng qadimgi hayvonot bog‘i, shuningdek, poytaxt akvariumi qish arafasida mablag‘ to‘plashni e’lon qildi.

“Energiya narxining oshishi haqiqatan ham Berlin hayvonot bog‘i, “Berlin-Fridrixsfelde” hayvonot bog‘i va akvarium uchun jiddiy muammodir”, - dedi tashkilot matbuot kotibi Svenya Ayzenbart RIA Novostiga.

Hayvonot bog‘lari veb-saytida "hozirgi vaqtda jirafalar, begemotlar va boshqa hayvonlarning shamollashining oldini olish" uchun barcha turdagi sa’y-harakatlar haqida gapirilmoqda.
Ayzenbartning aytishicha, begemot akvariumdagi 17 darajadan past haroratlarda qisqa vaqt ichida omon qolishi mumkin, jirafalar ham uzoq vaqt davomida haroratni ushlab turolmaydi.

“Kalin po‘stlarga qaramay, ko‘pchilik akvarium hayvonlari yil davomida iliq suvga muhtoj. Biz masxaraboz baliqlar, timsohlar va boshqa hayvonlarning hatto ushbu qiyin paytlarda ham muzlashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz ", - deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, uchta kompleksda 30 000 dan ortiq hayvonlar mavjud. Hozirda mutaxassislar obyektlarga energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganmoqda.
Misol uchun, 1960-yillarda qurilgan va 2019-yilda energiya tejashni hisobga olgan holda ta’mirlangan Berlin Fridrixsfeld hayvonot bog‘ida energiya samaradorligini oshirish uchun ko‘plab tizimlar yangilanmoqda.
Germaniyaning Gannover shahridagi Yevropaning eng katta va eng qadimiy hayvonot bog‘laridan biri ham tejamkorlik choralarini ko‘rib chiqmoqda. U yerda tashqi yoritish va binolarni avtomatik yoritishni bosqichma-bosqich bekor qilish rejalashtirilmoqda.
Xuddi shunday choralar Nyurnberg hayvonot bog‘i tomonidan ham amalga oshirilmoqda.
U yerda cho‘l uyi va tropik uy kabi energiyani ko‘p talab qiladigan pavilonlarda harorat har bir bino va deyarli barcha hayvon turlari uchun pasaytirildi. Biroq, tejamkorlik choralari terrariumlarga ta’sir qilmaydi, chunki ularda yashovchi hayvonlar pastroq haroratga moslasha olmaydi.
Yangiliklar lentasi
0