Britaniyaliklar Rishi Sunakdan Kiyevni moliyalashtirishni to‘xtatishni talab qilishdi

© AP Photo / David CliffKandidat v lideri Konservativnoy partii Rishi Sunak .
Kandidat v lideri Konservativnoy partii Rishi Sunak . - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
Yangi bosh vazir Ukraina tufayli tanqid ostida qoldi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Britaniyaning "Daily Mail" gazetasi o‘quvchilari Birlashgan Qirollik bosh vaziri Rishi Sunakni Ukrainani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga va mamlakatdagi energiya inqirozini hal qilishga chaqirdi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Gazeta London Vashington bilan yirik gaz shartnomasini imzolashi kutilayotgani haqidagi maqolani e’lon qildi. Buning ortidan gazeta o‘quvchilari Buyuk Britaniyadan Kiyevni moliyalashtirishni to‘xtatishni talab qilishdi.
"Biz Ukrainadagi urushda chuqur ishtirok etishni bas qilishimiz kerak. Qotilliklarni moliyalashni bas qiling", - deb yozgan Geo.
"U Ukrainaga yordam berishni va pul yuborishni imkon qadar tezroq to‘xtatsa yaxshi bo‘lardi, lekin u millioner bo‘lgani uchun oddiy odamlar nimani xohlashini tushunmaydi", - deb shikoyat qildi Jail me or bail me.
"Konservatorlar allaqachon Ukrainadagi despotlarga ko‘p milliard funt sterling yuborishni to‘xtatishdi, agar bunday bo‘lmasa, unda nima uchun? Yurtimizdagi ko‘p sonli kambag‘allar-chi? Yoki hamma ularning taqdiriga befarqmi?" - deydi Jackthe lad.
“Biz o‘z neft va gazimizni o‘zimiz ishlab chiqarishimiz kerak”, - deydi Boltneck.
“Bu AQShning qimmat amerika gazini sotish orqali Yevropa Ittifoqi ustidan nazoratni qo‘lga kiritishi uchun Rossiya gazini siqib chiqarish rejasidir”, - deya izoh qoldirgan RB3445.
"Agar siz unga shu tarzda erishishga ruxsat bersangiz, biz Amerikadan gaz sotib olish uchun milliardlab funt sterlingni chet elga yuborishimiz shart emas edi, Rishi", - deya qo‘shimcha qilganPiter Kirsten.
Ma’lumot uchun, Sunak bu yil hisobida Britaniyaning uchinchi bosh vaziri bo‘ldi. Sentabr oyida Boris Jonsonni o‘rniga saylangan Liz Trass oktabr oyida iste’foga chiqqan edi.
Yangiliklar lentasi
0