AQShda Baydenni Pinokkioga qiyoslashdi

© AFP 2023 / Saul LoebPrezident SShA Djo Bayden yest ponchik na meropriyatii Oregonskix demokratov v Portlende, shtat Oregon, SShA
Prezident SShA Djo Bayden yest ponchik na meropriyatii Oregonskix demokratov v Portlende, shtat Oregon, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2022
Obuna bo‘lish
“The Washington Post” gazetasi prezident Baydenning haqiqatga mos kelmaydigan bayonotlarini jamlagan.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. “The Washington Post” gazetasi AQSh prezidenti Jo Baydenni yolg‘on bayonotlari tufayli “Bottomless Pinocchio” (“Mutlaq Pinokkio”) unvonini berdi.
Ushbu turkum nashr tomonidan tez-tez takrorlanadigan yolg‘on yoki chalg‘ituvchi bayonotlar uchun tashkil etilgan bo‘lib, ular “targ‘ibot shakli” sifatida tavsiflanishi mumkin. Bungacha WP ushbu reytingni bergan yagona shaxs sobiq prezident Donald Tramp edi.
Shunday qilib, Amerika rahbari muntazam ravishda Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan “ko‘p vaqt” o‘tkazganini, u bilan birgalikda sayohatlarda “17 ming mil”ni bosib o‘tganini ta’kidlaydi. Gazetaga ko‘ra, Baydenning Xitoy rahbari bilan shunchalik ko‘p sayohat qilgani haqida hech qanday dalil yo‘q, u faktlarni tekshirish va Oq uyning Prezidentning so‘zlari “to‘g‘ri emasligini” tan olishiga qaramay, bu tezisni takrorlashda davom etmoqda.
“Endi Bayden o‘zining shaxsiy “Mutlaq Pinokkio”sini ishlab oldi”, - deya ta’kidlagan nashr.
Nashr jurnalisti Glenn Kessler prezidentning so‘nggi paytlarda demokratlarni qo‘llab-quvvatlash va oraliq saylov oldidan yig‘im yig‘ish bo‘yicha mamlakat bo‘ylab qilgan chiqishlari paytida yo‘l qo‘ygan ba’zi faktik xatolarini keltirgan.
Misol tariqasida avvalo, davlat rahbarining u lavozimga kirishgan paytda AQShda bir gallon benzin narxi besh dollarga tushgani haqidagi bayonoti keltirilgan.
“Ko‘plab o‘quvchilar uning sharhidan norozi, chunki Energetika ma’lumotlari ma’muriyatining ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden lavozimga kirishgan haftada benzinning o‘rtacha narxi taxminan 2,48 dollarni tashkil etgan”, - deydi WP jurnalisti.
Bundan tashqari, gazeta uning so‘nggi “o‘n yil ichida birinchi marta” nafaqaxo‘rlar eng katta pensiya indeksatsiyasini olishlari haqidagi so‘zlarini yolg‘on deb atadi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuni Oq uy Twitter’da post e’lon qilgan, unda indeksatsiya “prezidentning yetakchiligi” uchun oshgani ko‘rsatilgan. Biroq post keyinroq o‘chirib tashlangan.
“Ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari o‘sib borayotganining sababi shundaki, 1972-yilda qabul qilingan qonunga muvofiq, ijtimoiy sug‘urta nafaqalari har yili (so‘nggi o‘n yilliklardagi rekord darajadagi – tahr.) inflyatsiyaga mos ravishda tuzatiladi”, - deya xulosa qilgan WP.
Bu yil 80 yoshga to‘lgan Bayden Qo‘shma Shtatlarning tarixdagi eng keksa prezidentiga aylandi. U muntazam ravishda kulgili vaziyatlarga tushib qoladi. Uning raqiblari bunga sabab qilib Baydenning yoshi va salomatligidagi ehtimoliy muammolarni ko‘rsatishadi.
Djo Bayden, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2022
Navbatdagi xato: Bayden “bu yozda” prezident bo‘lganini aytdi
Yangiliklar lentasi
0