https://oz.sputniknews.uz/20221108/afgonistondagi-vaziyat-ogirligicha-qolmoqda--sisoev--29798340.html
Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda – Sisoyev
Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda – Sisoyev
Sputnik O‘zbekiston
MDH aksilterror markazi rahbari terrorchilik faoliyatining umumiy darajasi biroz pasayganiga qaramay, Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolayotganini ma’lum qildi. 08.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-08T13:51+0500
2022-11-08T13:51+0500
2022-11-08T14:11+0500
dunyoda
afg‘oniston
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
terrorchi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/08/29793097_0:257:2727:1791_1920x0_80_0_0_39e22fa514f144efa1f6c7b855c59a75.jpg
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Afg‘oniston hamon mintaqada terrorchilik tahdidining ehtimoliy manbai bo‘lib qolmoqda. Bu haqda MDH aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT)ning Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.Ekspertning fikricha, barqarorlikni buzuvchi asosiy omillardan biri bu radikal islomiy guruhlar tomonidan davom etayotgan terrorchilik tahdididir.Ekspertga ko‘ra, shu nuqtayi nazardan, beqarorlikning Hamdo‘stlik va Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga eksport qilinishi ehtimoli yuqori. Ta’kidlanishicha, ayni paytda vaziyatni beqarorlashtirishda G‘arb davlatlari muhim rol o‘ynaydi.Radikal guruhlarning harakatlari nafaqat terrorchilik tahdidini keltirib chiqarmoqda, balki jiddiy mintaqaviy transport loyihalari muvaffaqiyatini ham shubha ostiga qo‘yadi, deb hisoblaydi MDH aksilterror markazi rahbari.Yevgeniy Sisoyevning fikricha, bu muammolarga jahon hamjamiyatining, jumladan, vakolatli organlar va ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarning umumiy sa’y-harakatlarini birlashtirish orqaligina qarshi turish mumkin.Aksilterror markazi 2023-yilda Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan ikkita yirik tadbirga tayyorgarlik ko‘rmoqda: MDHning qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari va MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiyasi.* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/08/29793097_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_23d7eba2c3ec62b071b8d475459a155b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), terrorchi
dunyoda, afg‘oniston, shanxay hamkorlik tashkiloti (shht), terrorchi
Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda – Sisoyev
13:51 08.11.2022 (yangilandi: 14:11 08.11.2022) MDH aksilterror markazi rahbari terrorchilik faoliyatining umumiy darajasi biroz pasayganiga qaramay, Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Afg‘oniston hamon mintaqada terrorchilik tahdidining ehtimoliy manbai bo‘lib qolmoqda. Bu haqda MDH aksilterror markazi rahbari Yevgeniy Sisoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT)ning Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum
qildi.
“Terrorchilik faoliyatining umumiy darajasi biroz pasayganiga qaramay, Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda”, - dedi Yevgeniy Sisoyev.
Ekspertning fikricha, barqarorlikni buzuvchi asosiy omillardan biri bu radikal islomiy guruhlar tomonidan davom etayotgan terrorchilik tahdididir.
IShID*ning Yaqin Sharqdan Afg‘oniston shimoliga o‘tishi to‘xtamayapti. Shu bilan birga, radikallar “Al-Qoida”* bilan aloqalarni kuchaytirmoqda. Xoqoniy* tarmog‘i amaldorlari bilan mustahkam aloqalar ularga Afg‘onistonning to‘rt viloyati rahbariyatiga kirishga imkon berdi, ulardan biri O‘zbekiston bilan chegaradosh”, - dedi u.
Ekspertga ko‘ra, shu nuqtayi nazardan, beqarorlikning Hamdo‘stlik va Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga eksport qilinishi ehtimoli yuqori. Ta’kidlanishicha, ayni paytda vaziyatni beqarorlashtirishda G‘arb davlatlari muhim rol o‘ynaydi.
“Iqtisodiy va siyosiy bosim vositalaridan foydalanib, G‘arb Xoqoniy* tarmog‘ida harakatning jangari qanotini kuchaytirish uchun sharoit yaratishda davom etmoqda”, - deya ta’kidladi Yevgeniy Sisoyev.
Radikal guruhlarning harakatlari nafaqat terrorchilik tahdidini keltirib chiqarmoqda, balki jiddiy mintaqaviy transport loyihalari muvaffaqiyatini ham shubha ostiga qo‘yadi, deb hisoblaydi MDH aksilterror markazi rahbari.
Yevgeniy Sisoyevning fikricha, bu muammolarga jahon hamjamiyatining, jumladan, vakolatli organlar va ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlarning umumiy sa’y-harakatlarini birlashtirish orqaligina qarshi turish mumkin.
Aksilterror markazi 2023-yilda Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan ikkita yirik tadbirga tayyorgarlik ko‘rmoqda: MDHning qo‘shma aksilterror mashg‘ulotlari va MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiyasi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari