Xitoy G7 davlatlarini "Sovuq urush" mafkurasini unutishga chaqirdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Shanxay
Goroda mira. Shanxay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Pekin “Katta yettilik”dan “Sovuq urush” mentaliteti va mafkuraviy xurofotga yopishib olmaslikni so‘radi va global hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratishga chaqirdi.
TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi G7 (“Katta yettilik”) davlatlarini boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.
Bu haqida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Liszan 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
“Gonkong, Shinjon va Tayvan bilan bog‘liq masalalarda Xitoyning pozitsiyasi izchil va aniq. “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlarining qo‘shma bayonoti Xitoyning pozitsiyasi va obyektiv faktlarini e’tiborsiz qoldirapti, Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol aralashapti hamda Xitoyga g‘arazli tuhmat va bo‘htonlar yog‘dirapti. Pekin keskin noroziligini bildiradi va bunga keskin qarshi chiqadi”, - deydi diplomat.
U Xitoy BMT Nizomini amalga oshirish va chinakam ko‘p qirralilikni yuzaga chiqarish borasida hamisha namuna bo‘lib kelganini ta’kidlab, “Xitoy har doim xalqaro hamjamiyatga global muammolarni birgalikda yengib o‘tishda yordam berishga va Insoniyatning umumiy taqdiri hamjamiyatini rivojlantirishga intilib kelganini” qo‘shimcha qildi.
“Biz G7 ni “Sovuq urush” mentaliteti va mafkuraviy xurofotga yopishib olishni, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishni, yolg‘onlarni takrorlashni, mintaqaviy ayirmachilikni qo‘zg‘atishni va bloklar qarama-qarshiligini keltirib chiqarishni to‘xtatishga chaqiramiz”, - deydi Liszan.
U, shuningdek, “Katta yettilik” davlatlarini global hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratishga chaqirdi.
Avvalroq G7 davlatlari o‘zining maqsadi Xitoy bilan imkoni boricha va o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda “konstruktiv hamkorlik” qilish ekanini aytgan, shuningdek, Tayvan hududida tinchlik va barqarorlik muhimligini ta’kidlagan va Tayvan bo‘g‘ozi atrofidagi muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0