Toshkentdagi ko‘chalarning biri besh kunga yopiladi

© Pixabay / dimitrisvetsikas1969Znak "Stop"
Znak Stop - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi asosiy yo‘lda 64 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatiladi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘chalarning biri 5 kunga yopiladi. Bu haqida tuman hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, 7-noyabrdan 12-noyabrga qadar tumandagi Beruniy metrosi yaqinidagi O‘zbekiston davlat milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi asosiy yo‘lda avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
© Olmazor tumani hokimligiOlmazor tumani
Olmazor tumani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Olmazor tumani
U yerda 64 metr balandlikdagi O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatiladi.
Harakatlanuvchi haydovchilarga tumandagi Mirzo G‘olib ko‘chasi (Mashinasozlik fakulteti, GQKM fakulteti asosiy yo‘li) hamda Talabalar ko‘chasi (Muhandislik texnologiyalari fakulteti) orqali harakatlanish tavsiya etilmoqda.
Piyodalar uchun esa harakatlanish cheklanmaydi.
Yangiliklar lentasi
0