Samarqanddagi aksariyat avtobuslarga videoregistratorlar o‘rnatildi

© Samarqand viloyati hokimligiVideoregistratorlar
Videoregistratorlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Endilikda avtobuslar harakatlanishga xalal bergan transport vositalari hamda yo‘llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtirib boradi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Samarqanddagi aksariyat avtobuslarga videoregistrator uskunalari o‘rnatildi. Ular yo‘llardagi qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtiradi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi.
Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Boyxo‘rozovning so‘zlariga ko‘ra, bugun yo‘llarda harakatni tartibga solishda aksariyat hollarda faqat jarima, ya’ni jazo qo‘llash usuli ish bermoqda.

“Bekatlarda to‘xtash mumkin bo‘lmagani holda ayrim haydovchilar bu qoidaga amal qilmasdan jamoat transportiga xalal berapti. Shu sababli bugun shaharda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan aksariyat avtobuslarga videoregistrator uskunalari o‘rnatildi. Endi ular nafaqat o‘zlariga xalal bergan, balki yo‘llardagi boshqa qoidabuzarliklar videosini tizimga joylashtirishlari mumkin”, - deydi u.

Ta’kidlanishicha, yo‘l harakati qoidalarini buzayotganlarga chora ko‘rish, bunda jamoat transporti haydovchilarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq bu usul ijobiy natija bermoqda.
Mutaxassisning fikricha, aslida bu masala keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Toki, yo‘l harakati qoidalarga amal qilish jarimaga uchramaslik uchungina emas, aksincha, ongli tarzda amalga oshishi zarur.
Yangiliklar lentasi
0