“Rostex” G‘arb bilan munosabatlar qachon tiklanishi mumkinligini aytdi

© Wikipedia / ivtorov Emblema na zdanii Rostex
Emblema na zdanii Rostex - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
G‘arbda Rossiyaga nisbatan munosabat ertami-kechmi yaxshi tomonga o‘zgaradi, biz bunga aminmiz, deydi Yevtushenko.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. G‘arb bilan munosabatlarni tiklash uchun 20-30 yil kerak bo‘lishi mumkin, deydi “Rostex” davlat korporatsiyasi ijrochi direktori Oleg Yevtushenko RIA Novostiga.
“Albatta, Yevropa bilan ham munosabatlar tiklanadi - bu jarayon uzoq davom etadi, 20 yoki 30-yilga cho‘zilishi mumkin. Lekin G‘arbda Rossiyaga nisbatan munosabat ertami-kechmi yaxshi tomonga o‘zgaradi, biz bunga aminmiz”, dedi Yevtushenko.
U bir necha yillar davomida va ayniqsa, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan keyin korporatsiyaning xorijdagi hamkorlari bosim ostida bo‘lib, ular uchun foydali bo‘lmasa ham, hamkorlikdan bosh tortishga majbur qilganini esladi. Natijada G‘arb kompaniyalari Rossiya sanoati uchun muhim bo‘lgan butlovchi qismlarni yetkazib berishni to‘xtatdi.
Ijrochi direktorning so‘zlariga ko‘ra, import o‘rnini bosish faol davom etmoqda, bu borada muvaffaqiyatlarga erishilmoqda, biroq bir qator pozitsiyalarda zamonaviy dunyoda to‘liq texnologik mustaqillik bo‘lishi mumkin emasligini tushunish muhimdir.
“100 foiz mahalliylashtirilgan mahsulot juda qimmatga tushadi, bu iqtisodiyotga zarba beradi. Bu nafaqat Rossiyaga, balki boshqa mamlakatlarga ham tegishli”, deya ta’kidladi u.
Yevtushenkoning qo‘shimcha qilishicha, “Rostex” natijada xalqaro hamkorlikni cheklamayapti, aksincha, o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda.
“Sharqqa jiddiy burilish bor. Hindiston va Xitoy bilan yaxshi, uzoq muddatli aloqalarimiz bor, bu davlatlar Rossiyadan yuz o‘girgani yo‘q, ular bilan savdo sezilarli darajada o‘sdi”, dedi Yevtushenko.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
G‘arb mamlakatlarida Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritilishi va Rosssiya yoqilg‘isidan voz kechish sabab energiya resurslari narxi ko‘tarildi va inflyatsiya avj oldi.
Energiya resurslari, avvalo gaz narxi oshishi ortidan Yevropadagi sanoat inqirozi kuzatilmoqda va bu o‘z navbatida iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0