Rossiya va Xitoy o‘zaro savdo hajmi yangi rekord qayd etdi

© Depositphotos / RyzhovFlagi Rossii i Kitaya
Flagi Rossii i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
2021 yil oxirida Rossiya-Xitoy tovar ayirboshlash hajmi 35,8 foizga o‘sib, rekord darajadagi 146,887 milliard dollarni tashkil qilgan edi.
TOShKENT, 7 noya - Sputnik. 2022 yilning ortda qolgan 10 oyi davomida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi 33 foizga o‘sib rekord darajadagi 153,938 milliard dollarga yetdi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasining 7-noyabr kuni e’lon qilingan ma’lumotlari asosan xabar berdi.
Hisobot davrida Xitoy Rossiyaga 59,596 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 12,8 foizga ko‘p, Rossiyadan Xitoyga import hajmi esa 49,9 foizga oshib, 94,342 milliard dollarni tashkil etdi.
Oktabr oyida ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 17,637 milliard dollarni tashkil etdi, Rossiya Xitoyga 10,23 milliard dollar, Xitoy esa Rossiyaga 7,4 milliard dollarlik mahsulot yetkazib berdi.
Ma’lumot uchun, 2021-yil oxirida Rossiya-Xitoy tovar ayirboshlash hajmi 35,8 foizga o‘sib, rekord darajadagi 146,887 milliard dollarni tashkil qilgan edi.
Rossiya va Xitoy rahbarlari avvalroq ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini ikki barobarga oshirish, 2024-yilga borib yiliga 100 milliarddan 200 milliardga yetkazishni maqsad qilgan edi. O‘zaro savdoda 10 milliardlik ko‘rsatkichga 2018-yilda erishilgan.
4 fevral kuni Pekinda Vladimir Putin va Si Szinpin o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Xitoy rahbari o‘z oldiga tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha yangi maqsad – yiliga 250 milliard dollar qo‘yganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0