Pskem GESi qurilishi uchun PMC pudratchiga tender e’lon qilindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDlya stroitelstva GES v Tashkentskoy oblasti perekrili ruslo reki Pskem
Dlya stroitelstva GES v Tashkentskoy oblasti perekrili ruslo reki Pskem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Pskem GESning to‘g‘oni balandligi 195 metr bo‘ladi va u Markaziy Osiyodagi birinchi temir-beton ekranli gidroelektrostansiyaga aylanadi.
TOShKENT, 7 noya - Sputnik. “O‘zbekgidroenergo” AJ Pskem GESi qurilishini nazorat qiluvchi pudratchi yollash uchun tender savdolarini e’lon qildi. Bu haqida O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, vazirlik to‘g‘on qurilishida ilg‘or jahon tajribasini qo‘llash maqsadida PMC pudratchi yollashga qaror qilgan.

PMC pudratchi - Project Management Contractor, to‘g‘on qurilishi kontrakti ustidan texnik-texnologik, moliyaviy, ekologik jihatidan nazorat o‘rnatib, gidrotexnik inshootlarning va konstruksiyalarning xavfsizligi va ishonchliligini, qurilishining yuqori sifatini kafolatlaydi.

Tender shartlariga ko‘ra, PMC pudratchi quyidagi talablarga javob berishi kerak:

So‘nggi 10-yil davomida quvvatida 300MVtdan kam bo‘lmagan gidroelektrostansiya loyihalarini boshqarish tajribasi;
Shunga o‘xshash (Pskom GESi – tahr.) tabiiy sharoitlarda qurilgan shu kabi GESlar loyihalarni boshqarish tajribasi;
Tenderda ishtirok etish uchun 200 ming dollar garov puli yoki bank garantiyasiga ega bo‘lishi;
Shartnoma boshlang‘ich qiymati - 236 mlrd. so‘m ($ 21,2 mln.).
Tenderda ishtirok etishni istagan kompaniya Davlat xaridlari sahifasida ko‘rsatilgan shartlarga binoan o‘z taklifini 20-noyabr kechga qadar vazirlikka taqdim etishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati Bo‘stoliq tumanidagi Pskem darosida quvvati 400 MVt bo‘lgan GES qurilishi haqida 5253-sonli Prezident Qarori 2021-yilning 4-oktabrida imzolangan edi. 2021-yilning noyabr oyida GES qurilishi uchun Pskem darosi kanali to‘sib qo‘yilgan va dekabr oyida esa qurilish ishlari boshlangan edi.
Yangi GES ishga tushganidan so‘ng elektr energiya ishlab chiqarish quvvati bo‘yicha Chorvoq GESidan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘ladi. Suv ombori 500 million kub metr sig‘imga ega, iste’molchilarga suvni to‘g‘ri yetkazib berishni imkonini beradi.
Loyihaga 788 mln $ sarflash ko‘zda tutilgan. Rossiyaning “VEB.RF” rivojlanish korporatsiyasi qurilish uchun 75 mln $ kredit ajratdi. Pskem GESi 2026-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0