https://oz.sputniknews.uz/20221107/pahlavon-mahmud-nomli-davlat-stipendiyasi-joriy-qilinadi-29770557.html
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qarori bilan sport yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar rag‘batlantiriladi. 07.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-07T13:27+0500
2022-11-07T13:27+0500
2023-04-05T15:49+0500
jamiyat
yangi qaror
stipendiya
talabalar
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_399:23:3040:1508_1920x0_80_0_0_dffc5b59b8151aad883e0ff980f73eb3.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi. Bu prezident 3-noyabr kuni imzolagan 414-sonli qarorda nazarda tutilgan.Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.2023/2024 o‘quv yilidan bir qator sportchilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi.Imtiyozlar quyidagi sportchilarga beriladi:Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Unda talabalarni rag‘batlantirish uchun Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etilishi ma’lum qilingandi.Shuningdek, sport sohasida barcha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga oid malaka talablari qayta ko‘rib chiqilishi, o‘qituvchilar va bitiruvchilarning bilimi, mahorati va pedagogik ko‘nikmalarini baholovchi kompetensiyaviy sertifikatlash yo‘lga qo‘yilishi ham aytib o‘tilgan.Ma’lumot uchun, Pahlavon Mahmud (1247-1326) Xivada tug‘ilgan. U olim, shoir, pahlavon, shu bilan birga po‘stindo‘z va telpakdo‘z usta bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Pahlavon Mahmud Eron va Hindistonda ancha yillar yashagan. Eron, Hind kabi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi kurash musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgan va mamlakatning birinchi polvoni bo‘lgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363517_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_e273784e2c41d01d449f2294220121c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, stipendiya, talabalar, sport
jamiyat, yangi qaror, stipendiya, talabalar, sport
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi
13:27 07.11.2022 (yangilandi: 15:49 05.04.2023) Prezident qarori bilan sport yo‘nalishida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar rag‘batlantiriladi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi. Bu prezident 3-noyabr kuni imzolagan 414-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.
2023/2024 o‘quv yilidan bir qator sportchilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi.
Imtiyozlar quyidagi sportchilarga beriladi:
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan sportchilar.
Shuningdek, 2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Unda talabalarni rag‘batlantirish uchun Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etilishi ma’lum qilingandi.
Shuningdek, sport sohasida barcha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga oid malaka talablari qayta ko‘rib chiqilishi, o‘qituvchilar va bitiruvchilarning bilimi, mahorati va pedagogik ko‘nikmalarini baholovchi kompetensiyaviy sertifikatlash yo‘lga qo‘yilishi ham aytib
o‘tilgan.Ma’lumot uchun, Pahlavon Mahmud (1247-1326) Xivada tug‘ilgan. U olim, shoir, pahlavon, shu bilan birga po‘stindo‘z va telpakdo‘z usta bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, Pahlavon Mahmud Eron va Hindistonda ancha yillar yashagan. Eron, Hind kabi ko‘plab Sharq mamlakatlaridagi kurash musobaqalarida qatnashib, hamisha zafar quchgan va mamlakatning birinchi polvoni bo‘lgan.