O‘zbekistonlik dzudochilar Bokudagi xalqaro musobaqada 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaDiyera Keldiyerova na turnire "Bolshogo shlema" po dzudo v Abu-Dabi.
Diyera Keldiyerova na turnire Bolshogo shlema po dzudo v Abu-Dabi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Bokudagi “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqada umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Musobaqaning so‘nggi kunida +100 kg vazn toifasi finalida jahon reytingining amaldagi peshqadami tojikistonlik Temur Rahimovga qarshi bahs olib borgan Alisher Yusupov imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.
Shu vazn toifasida kurashgan yana bir o‘zbekistonlik Shohrux Baxtiyorov esa bronza medali uchun bahsda finlyandiyalik Martti Pumalaynendan ustun keldi.
Avvalroq Diyora Keldiyorova (-52 kg) final bahsida mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lhagvasurendan ustun kelib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi. Sita Qadamboyeva (-52 kg) esa bronza medali uchun kechgan bahsda polshalik Aleksandra Kaleta ustidan g‘alaba qozongandi. Bu Qadamboyeva uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi ilk medal bo‘ldi.
Shu tariqa, dunyoning 61 davlati ishtirok etgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0