https://oz.sputniknews.uz/20221107/mashhur-kosmetika-brendlari-rossiya-bozoriga-qaytishni-boshladi-29763353.html
Mashhur kosmetika brendlari Rossiya bozoriga qaytishni boshladi
Mashhur kosmetika brendlari Rossiya bozoriga qaytishni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Lancome, Redken, Yves Saint Laurent, Giorgio Armani va Kerastase Rossiya bozoriga o‘z mahsulotini yetkazib berishni qayta tiklamoqda. 07.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-07T11:20+0500
2022-11-07T11:20+0500
2022-11-07T11:20+0500
rossiya
iqtisod
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/12/22818063_0:80:3071:1807_1920x0_80_0_0_8ea6f6c6f0307d20df1dab7311479c2c.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi Lancome, Redken, Yves Saint Laurent, Giorgio Armani va Kerastase kompaniyalaridan parfumeriya va kosmetika mahsulotlarini parallel ravishda olib kirishni taqiqladi, chunki brendlar Rossiyaga yetkazib berishni qayta tiklashga tayyor. Bu haqda RIA Novostiga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Shu bilan birga, Sanoat va savdo vazirligining ta’kidlashicha, istisnolar faqat uch oydan keyin kuchga kiradi. Shuning uchun parallel import sxemasi bo‘yicha mahsulot sotib olganlar tovarini Rossiyaga olib kirishga ulguradi. Brendlar avgust oyining boshida parallel import ro‘yxatiga qo‘shilgandi. Shu bilan birga, may oyidayoq vazirlik rahbari Denis Manturov yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan kosmetika mahsulotlarini yetkazib berishni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar boshlanganini e’lon qilgandi. Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanishi ortidan G‘arb Moskvaga qarshi sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Cheklov choralari asosan bank sektori va yuqori texnologik mahsulotlar sohasiga ta’sir qildi. Ko‘plab davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ydi, ba’zi kompaniyalar esa mamlakat hududida faoliyatini to‘xtatdi. Mart oyining oxirida Rossiya hukumati talab katta bo‘lgan xorijiy tovarlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun parallel importni qonuniylashtirdi. Shu bilan birga, ushbu mexanizm kontrafakt tovarlarni qonuniylashtirishni anglatmaydi, bu chora muqobil yetkazib berish kanallari orqali asl tovarlarni olib kirishni nazarda tutadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/12/22818063_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3ff1c3f39f4a8a4ab0f7f8f2e01f88a7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, iqtisod, savdo
Mashhur kosmetika brendlari Rossiya bozoriga qaytishni boshladi
Lancome, Redken, Yves Saint Laurent, Giorgio Armani va Kerastase Rossiya bozoriga o‘z mahsulotini yetkazib berishni qayta tiklamoqda.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi Lancome, Redken, Yves Saint Laurent, Giorgio Armani va Kerastase kompaniyalaridan parfumeriya va kosmetika mahsulotlarini parallel ravishda olib kirishni taqiqladi, chunki brendlar Rossiyaga yetkazib berishni qayta tiklashga tayyor. Bu haqda RIA Novostiga vazirlik matbuot xizmati xabar
berdi.
“Ha, bu brendlar istisnolarga kiritilgan va mos ravishda ularga nisbatan parallel importni qo‘llash mumkin emas. Kompaniyalarning o‘z mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishni qayta tiklashga tayyorligi tufayli shunday imkoniyat paydo bo‘ldi”, - deya javob berishgan vazirlikda ushbu brendlarning parallel importdan istisnolar qatoriga kiritilgani haqidagi savolga javoban.
Shu bilan birga, Sanoat va savdo vazirligining ta’kidlashicha, istisnolar faqat uch oydan keyin kuchga kiradi. Shuning uchun parallel import sxemasi bo‘yicha mahsulot sotib olganlar tovarini Rossiyaga olib kirishga ulguradi.
Brendlar avgust oyining boshida parallel import ro‘yxatiga qo‘shilgandi. Shu bilan birga, may oyidayoq vazirlik rahbari Denis Manturov yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan kosmetika mahsulotlarini yetkazib berishni qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar boshlanganini e’lon qilgandi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi boshlanishi ortidan G‘arb Moskvaga qarshi sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Cheklov choralari asosan bank sektori va yuqori texnologik mahsulotlar sohasiga ta’sir qildi. Ko‘plab davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ydi, ba’zi kompaniyalar esa mamlakat hududida faoliyatini to‘xtatdi. Mart oyining oxirida Rossiya hukumati talab katta bo‘lgan xorijiy tovarlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish uchun parallel importni qonuniylashtirdi. Shu bilan birga, ushbu mexanizm kontrafakt tovarlarni qonuniylashtirishni anglatmaydi, bu chora muqobil yetkazib berish kanallari orqali asl tovarlarni olib kirishni nazarda tutadi.