Keksa yoshli yo‘lovchilar uchun chegirmalar e’lon qilindi - Uzbekistan Airways

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishPojiloy uzbek v Samarkande. Uzbekskaya SSR
Pojiloy uzbek v Samarkande. Uzbekskaya SSR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 30-noyabrigacha amal qiladi.
TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Keksa yoshli yo‘lovchilar uchun noyabr oyida aviachiptalarga 25 foiz chegirma beriladi. Bu haqida “Uzbekistan Airways” xabar qilmoqda.
"Noyabr oyi “Keksalar turizmi oyi” hisoblanishi munosabat bilan ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga 25 foiz chegirmalarni taqdim etadi", - deyiladi xabarda.
Chegirma 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar uchun 2022-yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha amalga oshiriladigan parvozlarda amal qiladi. Aviachipta xarid qilish jarayonida fuqarolarning yonida albatta pasport yoki ID karta bo‘lishi lozim.
Chegirma “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniyaning O‘zbekistondagi agentlari tomonidan taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0