https://oz.sputniknews.uz/20221107/jahon-turizm-tashkiloti-ozbekistonning-turizm-brendini-ilgari-surishda-yordam-beradi-29786012.html
Jahon turizm tashkiloti O‘zbekistonning turizm brendini ilgari surishda yordam beradi
Jahon turizm tashkiloti O‘zbekistonning turizm brendini ilgari surishda yordam beradi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildi. 07.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-07T21:03+0500
2022-11-07T21:03+0500
2022-11-07T21:03+0500
turizm
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
jahon turizm tashkiloti (unwto)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/07/29781899_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_fd78e9da6588c98f1fbd09d89ff3f85e.jpg
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi.Uchrashuvda mamlakat va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu nufuzli ixtisoslashgan hukumatlararo tuzilmasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama qilindi.Ta’kidlanishicha, keyingi yillarda sheriklik sezilarli darajada faollashdi. Bugungi kunda 2023-yilda Samarqand shahrida UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.Suhbatda Zurab Pololikashvili O‘zbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, tashqi va ichki turizm ko‘rsatkichlarining sifatli o‘sishiga xizmat qiladigan ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar natijalarini yuksak baholadi.Mamlakat bilan UNWTOo‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, unga O‘zbekistonning turizm brendini ilgari surish, samarali axborot kampaniyalarini o‘tkazish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, boshqa muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini kiritishga kelishib olindi.O‘zbekiston 1993-yildan buyon UNWTO ga a’zo. Mamlakatda uning Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy ofisi faoliyat yuritmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/07/29781899_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_e25ecae5416028300e9c33f89aa4e1dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, jahon turizm tashkiloti (unwto)
turizm, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, jahon turizm tashkiloti (unwto)
Jahon turizm tashkiloti O‘zbekistonning turizm brendini ilgari surishda yordam beradi
Mirziyoyev Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini
qabul qildi. Uchrashuvda mamlakat va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu nufuzli ixtisoslashgan hukumatlararo tuzilmasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama qilindi.
Ta’kidlanishicha, keyingi yillarda sheriklik sezilarli darajada faollashdi. Bugungi kunda 2023-yilda Samarqand shahrida UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Suhbatda Zurab Pololikashvili O‘zbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, tashqi va ichki turizm ko‘rsatkichlarining sifatli o‘sishiga xizmat qiladigan ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar natijalarini yuksak baholadi.
Mamlakat bilan UNWTOo‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, unga O‘zbekistonning turizm brendini ilgari surish, samarali axborot kampaniyalarini o‘tkazish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, boshqa muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini kiritishga kelishib olindi.
O‘zbekiston 1993-yildan buyon UNWTO ga a’zo. Mamlakatda uning Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy ofisi faoliyat yuritmoqda.