Insoniyat iqlimiy jahannam tomon yeldek uchmoqda – Guterrish

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Kazaxstan. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
BMT Bosh kotibi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni iqlim bo‘yicha birdamlikka chaqirdi.
TOShKENT, 7 noya - Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi insoniyat iqlim jahannamiga yeldek shoshilayotganini aytib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni iqlim bo‘yicha birdamlik paktini tuzishga chaqirdi.
Bu haqida Antoniu Guterrish Misrda bo‘lib o‘tgan COP27 iqlim konferensiyasining ochilishida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“Global havo harorati o‘sishda davom etapti. Va bizning sayyoramiz iqlim xaosini qaytarib bo‘lmaydigan holga keltiradigan keskin nuqtaga yaqinlashmoqda. Oyog‘imiz gaz pedalida bo‘lgan holda iqlim do‘zaxiga olib boradigan katta yo‘ldamiz. Shu sababli, COP27 boshlanishida men rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida tarixiy pakt – Iqlim birdamligi paktini tuzishga chaqiraman”, - deydi Guterrish.
Bosh kotib ushbu paktga ko‘ra, barcha davlatlar global isishni 1,5 darajada ushlab turish rejasiga muvofiq, joriy o‘n yillikda atmosferaga chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun qo‘shimcha harakatlar qilishi mumkin. Bundan tashqari, boy davlatlar va xalqaro moliya institutlari rivojlanayotgan mamlakatlarga qayta tiklanadigan energiyaga o‘tishni tezlashtirish uchun moliyaviy va texnik yordam beradi.
BMT Bosh kotibining ta’kidlashicha, pakt qazib olinadigan yoqilg‘iga qaramlikni tugatish va ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalari qurilishini to‘xtatish, shuningdek, 2030-yilgacha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) mamlakatlarida va boshqa barcha davlatlarda 2040-yilgacha tosh ko‘mirdan foydalanishni bosqichma-bosqich to‘xtatishni o‘z ichiga oladi.
Bosh kotibga ko‘ra, pakt barchani universal, arzon va barqaror energiya bilan ta’minlaydi, rivojlangan va rivojlanayotgan iqtisodiyotlar umumiy strategiya atrofida birlashadi.
“Ikki yirik iqtisodiy davlat – AQSh va Xitoy ushbu paktni amalga oshirish uchun kuchlarni birlashtirish yo‘lida alohida mas’uliyatni zimmasiga oladi”, - deydi Bosh kotib.
Yangiliklar lentasi
0