Indoneziya G20 sammitida Putin va Zelenskiy ishtirok etishiga umid qilmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Fransiyu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
G20 sammitiga biz taklif qilgan barcha davlatlar rahbarlarining shaxsan ishtirok etishini istaymiz. Bu Rossiyaga ham, Ukrainaga ham tegishli, deydi Indoneziya tashqi ishlar vazirligi kotibi Seti Utama.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Indoneziya Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning bir necha kun qolgan Balidagi G20 sammitida shaxsan ishtirok etishiga umid qilmoqda. Bu haqda ANTARA xabar berdi.
“G20 sammitiga biz taklif qilgan barcha davlatlar rahbarlarining shaxsan ishtirok etishini istaymiz. Bu Rossiyaga ham, Ukrainaga ham tegishli. Umid qilamanki, bu davlatlarning prezidentlari Baliga keladi”, deydi Indoneziya tashqi ishlar vazirligi kotibi Seti Utama.
Kotibdan Putin va Zelenskiy G20 sammitida ishtirok etadimi, deb so‘ralgan, biroq Utama uchrashuvda qaysi yetakchilar ishtirok etishi va qaysi biri kelmasligini aytmagan.
Avvalroq Indoneziya tashqi ishlar vazirligi sammitda hozircha faqatgina 17 davlat rahbari ishtirok etishini tasdiqlagani xabar qilingandi. Jakarta javob bermagan davlatlarni ma’lum qilmadi.
G20 yirik iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni birlashtirgan norasmiy tashkilotdir. G20 sammiti 15 va 16-noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0