“Cho‘loq o‘rdak” ovi mavsumi: Saylovlardan keyin Baydenga impichment e’lon qilinishi mumkin

© AFP 2023 / Nicholas KammPrezident SShA Djo Bayden obrashayetsya k jurnalistam posle pribitiya v mejdunarodniy aeroport Chikago O'Xara
Prezident SShA Djo Bayden obrashayetsya k jurnalistam posle pribitiya v mejdunarodniy aeroport Chikago O'Xara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlardagi oraliq saylovlar hali tugamadi, biroq amerikaliklar hozirdanoq 8-noyabrdan keyin mamlakatga nima bo‘lishi borasida xavotirga tushishgan.
So‘rovlarning barcha natijalari hozircha respublikachilar nomzodlari kongressga o‘tishi va u yerda ishonchli aksariyatni qo‘lga kiritishlaridan dalolat bermoqda. Ularning Senatni ham nazorat ostilariga olish imkoniyatlari yetarlicha yuqori.
Ha, demokratlari o‘zlarining 2020-yilgi fokuslarini takrorlashlari va saylov natijalarini yana soxtalashtirishga urinishlari mumkin. Biroq bu o‘ta-o‘ta qaltis ish. Aldangan xalq g‘azabi mamlakatdagi butun boshqaruv tizimini alg‘ov-dalg‘ov qilib yuborishi mumkin.
Agarda saylovlar birmuncha halol o‘tsa, unda respublikachilarning g‘alabasi amalda oldindan belgilab qo‘yilgan. Ular kongressda aksariyat o‘rinlarni qo‘lga kiritib, nimalar bilan shug‘ullanishadi?
Bu yerda bugun respublikachilar uchun ovoz berayotgan odamlarning kayfiyatini tushunmoq zarur. Ular o‘zlarini chuv tushirilgan omonatchilar deb his qilishadi. Ikki yil ilgari ular xuddi shunday saylov uchastkalariga kelib, Tramp uchun ovoz berishgandi va iqtisodiy gullab-yashnash, an’anaviy konservativ axloq, osuda hayot va farovonlik uchun ovoz berapmiz deb o‘ylashgandi.
Biroq allaqayoqdan prezident lavozimida Jo Bayden paydo bo‘ladi, uning ortidan esa Demokratik partiyaning kun tartibi cho‘zilib keladi: urushu va butun dunyo bo‘ylab mag‘lubiyatga uchrash, narxlarni osmonga ko‘tarayotgan va pensiya jamg‘armalarini yamlayotgan misli ko‘rilmagan inflyatsiya, xalqning mislsiz qashshoqlashishi, Amerika budjetidan o‘nlab milliardlarni so‘rib olayotgan tushunarsiz uzoqdagi Ukraina, dard ustiga chipqondek – amerikalik bolalar ustidan jinsni o‘zgartirish targ‘iboti bilan dahshatli tadqiqotlar.
Yo‘q, millionlarcha amerikaliklar bu uchun ovoz bermagandi. Ular umuman boshqa narsani xohlashgandi. Bugun ularni g‘azab, qasos olish hislari chulg‘ab olgan. Ikki yil ular o‘zlari AQShning qonuniy prezidenti deb hisoblamaydigan kishi hukmronligi ostida yashashdi. Tabiiyki, respublikachilar saylovchilarining bugungi kundagi asosiy talabi – Jo Baydendan xalos bo‘lish. Qanday bo‘lmasin uni yo‘qotish. U Oq uyda bo‘lmasa bo‘ldi.
Joe must go – “Jo ketishi shart” – bu shior hozir o‘n millionlab amerikaliklarni jipslashtirmoqda. Ularni tushunish qiyin emas, albatta. Duyoning birinchi iqtisodiyotini Bayden ma’muriyati parcha-parcha qildi va retsessiyaga yaqinlashtirdi – Buyuk depressiyadan qo‘rqinchliroq bo‘lishga va’da berayotgan iqtisodiy intirozni xushmuomilalik bilan shunday deb atashadi.
Amerika shaharlari ko‘chalarida talonchilik, otishma, zo‘ravonlik, qotillik so‘nggi yarim asrda ko‘rilmagan darajada avj olgan. Kriminal Meksika bilan deyarli ochiq chegara orqali ruhlanmoqda. Oq uyni nazorat qilishdan bosh tortapti, va u orqali mamlakatga yuz minglarcha nolegallar ozodona kirib kelyapti, ular orasida jinoyatchilar ham, giyohvand moddalarini sotish bilan shug‘ullanuvchilar ham, yegulik va bir qultum ichimlik bilan tomoqni ho‘llash uchun o‘ldirishga tayyor shunchaki och odamlar ham bor.
Bayden davrining ajablanarli fenomeni – ko‘rinishidan gullab-yashnayotgan va demokratik Kaliforniya aholisi yoppasiga Meksikaga ko‘chib o‘tmoqda. U yerda ijara, oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiyot, bir so‘z bilan aytganda, hamma narsa arzonroq. Nima bo‘lsa ham, bu uchinchi dunyo mamlakati. U yerda yashash AQShga qaraganda yaxshiroq ekan-da.
Meyoridan ortiq giyohvand moddalarini qabul qilishdan o‘limlar soni ko‘p yillik rekordlarni o‘rnatmoqda. Buning sababi nafaqat barcha OAVda narkotiklarni targ‘ib qilish, balki hukmron Demokratik partiya rejimining insonlar qalbiga joylayotgan o‘sha qo‘rqinchli tashvish hamdir. Bu ertangi kunga bo‘lgan doimiy ishonchsizlik – Vashington yana qanday hunarlar ko‘rsatadi? Goh telbanoma lokdaunlar, goh sharmandali urushlar, goh qo‘qqisdan eng zarur narsalar taqchilligi. Goh benzin raxi osmonga ko‘tariladi, goh go‘sht hammaga yetmaydi, goh hamma o‘z jinsini o‘rgartirishi kerak. Aqldan ozish hech gap emas.
Bayden ma’muriyatining bema’nigarchiliklari ro‘yxatida Amerika armiyasining Afg‘onistondan qochishi alohida ajralib turadi – sharmandali, tayyorgarliksiz, ittifoqchilar bilan kelishilmagan. U yerda o‘n milliardli texnikani tashlab ketishdi. Yuz milliardlarni o‘marishdi. Xiyonat qilishlari mumkin bo‘lgan hammaga xiyonat qilishdi: afg‘on xodimlariga, NATO bo‘yicha ittifoqchilariga, o‘z fuqarolarining oilariga. Hammamiz shassidagi parvozlarni yaxshi eslaymiz.
Amerikaliklarni AQSh strategik neft zaxirasidagi zaxiralarning talon-taroj qilingani ham juda tashvishga soladi. Bayden ularni benzin narxi oshmasligi uchun sarflamoqda, bu ketishda Amerika tez orada umuman zaxirasiz qoladi.
Xolisona gapiradigan bo‘lsak, hozir amerikaliklarga havas qilmaydi kishi. Ular rahbariyati haqiqatdan bir ishning uddasidan chiqolmayapti. Biroq uni qanday almashtirish kerak? Demokratiya – bu shunaqa demokratiya...
Kichik Jozef Robinett Baydenga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifni kongresschi Mardjori Teylor Grin o‘tgan yil 21-yanvaridayoq bergandi – prezidentning birinchi ish kunida. Albatta, Demokratik partiya nazoratida bo‘lgan kongress uning rezolyutsiyasini hatto ko‘rib ham chiqmadi.
Biroq respublikachilar tinchlanishmadi. Impichment to‘g‘risidagi yangi takliflar avgust oyida ham bildirildi – Afg‘onistondan qochgandan keyin darhol, keyin sentabrda, oktabrda. Endi respublikachilar birdaniga ham Bayden, ham vitse-prezident Kamala Harrisga impichment e’lon qilishni rejalashtirishapti.
Joylarda millionlab kishilarning qahr-g‘azabi toshib borayotgani shunchalik sezilyaptiki, hattoki Demokratik partiyadagi raqiblari bilan o‘zaro murosaga kelishib olishga odatlangan respublikachi siyosatchilar Baydenga qarshi qahr-g‘azabni e’tiborsiz qoldira olishmayapti. AQSh kongressidagi respublikachilar yetakchisi Kevin Makkarti hozircha impichmentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashdan qochapti.
Demokratlar impichment o‘rniga prezident, uning oilasi va butun ma’muriyat faoliyati masalasi yuzasidan oxiri yo‘q muhokamalar vaeshituvlar uyushtirish, uni silliqqi kun tartibidan olishga umid qilishmoqda. Bu quruq gaplarning oxiri bo‘lmasligi mumkin.
Ammo Makkartiga “quyidagi” respublikachilar va ular yetakchisi - 2024-yilgi prezident saylovida o‘z ishtirokiga sha’ma qilayotgan Donald Tramp bosim o‘tkazmoqda. Saylovlar bugunoq bo‘lganda, u Bayden ustidan g‘alaba qozongan bo‘lardi. Biror bir rasmiy maqomi bo‘lmaganiga qaramay, u AQShdagi eng nufuzli siyosatchi. “Tramp nimani istaydi?” – deya hayajon bilan so‘raydi “The Atlantic” demokratik jurnali jurnalisti. – “Tramp hammaga va har bir kishiga impichment e’lon qilishni istaydi”, - deya javob beradi unga Donaldning partiya bo‘yicha fikrdoshi.
Respublikachilar Jo Baydenga qarshi uning o‘g‘li Xanterdan foydalanishmoqchi. Uning qimmatli noutbukida tom ma’noda tonna kompromat yig‘ilgan. Xanter yozishmalaridan ma’lumki, otani uni Ukrainaning “Burisma” kompaniyasi direktorlar kengashiga tiqishtirgan. O‘g‘il otasi huzuriga kirishni sotishni biznesga aylantirgan, u bilan pora va “otkatlar” bo‘lishgan.
Biroq bu barcha ayblovlarga Demokratik partiya vakillari o‘zlarining tengi yo‘q usullarida javob qaytarishadi: “Siz isbotlaysiz!” Bu kishilar Trampga qandaydir bema’ni feyklarda ayblab, unga impichment e’lon qilishga urinishgandi, endi esa ularga ular yetakchisining haqiqiy jinoyatlarini ko‘rsatishayotganida ular deyishaptiki: “Siz buni tushunmaysiz, bu boshqa!”
AQShda impichment tartibi shunday. Avvaliga taklif yuzasidan kongressda ovoz berishadi. Agar u qabul qilinsa, ish AQSh Senatiga yo‘llantiriladi, u yerda prezidentni sud muhokamasi kutadi. Uning yakuni bo‘icha kamida 67 nafar senator prezidentni hech bo‘lmaganda unga qo‘yilgan ayblovlardan birida aybdor deb topishi kerak. Agar respublikachilar saylovlarda Senatda aksariyat o‘rinlarga ega chiqsa, ular Baydendan “ketishlari” mumkin. Agar ega chiqishmasa – impichment muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi mumkin.
Amerika Senatidagi sud shunday g‘alatiki, senatorlar vijdonan emas, balki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berishadi. Bu qanday bo‘lishini butun dunyo Bill Klinton misolida ko‘rdi: AQShning 42-prezidenti, albatta, yolg‘on guvoh berganlikda ham, xizmat mavqeyidan suiiste’mol qilishda ham, bechora Monika Levinskiga tegajog‘lik qilishda ham aybdor edi. Bari rad qilib bo‘lmas darajada isbotlangandi.
Biroq senatorlar – ular orasida, aytgancha, Jo Bayden ham bor edi – prezident “aybdor emas” deb ovoz berishdi. Unga qarshi ovozlar yetarlicha bo‘lmadi. Klinton ust-boshini qoqib, yana mamlakatni boshqarishda davom etdi.
Umuman Amerika Konstitutsiyasida shunday narsa bor, prezidentning o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqishi. Yaxshilikcha, Jo Bayden uchun bu vaziyatdan chiqish uchun yagona chiroyli yo‘l bo‘lgan bo‘lardi. Unga tinchlik, parvarish, shifokorlar nazorati ostidagi davolanish lozim. Keksa kishini tribunaga qanday olib chiqishayotgani, u tushunmaydigan savollar bilan azoblashlari, uning qo‘lidan kelmaydigan majburiyatlarni bajarishga majburlashlariga qarashning o‘zi achinarli.
Biroq ixtiyoriy ravishdagi iste’fo zamon talabiga mos emas. Demokratik partiya o‘z qariyasi uchun oxirigacha kurashish ishtiyoqida yonmoqda. Respublikachi faollar impichmentga muqobil sifatida aqliy qobiliyatlarini testdan o‘tkazishni taklif qilishmoqda. Bayden uni mamlakatni boshqarishga qodirligini isbotlash uchun topshirishi kerak.
Umuman olganda u bu testni bir necha bor topshirgan – boz ustiga butun dunyo ko‘z o‘ngida. Yirik yadroviy davlat prezidenti qandaydir ko‘rinmas odamlarning qo‘lini siqib ko‘rishgandi, Pasxa quyonidan cho‘chib ketgandi, o‘liklar bilan gaplashgandi, o‘yinchoq bolalar avtobusiga o‘tirishga urinib, unda bizdan uzoqroqqa o‘zining Neverleniga ketmoqchi bo‘lgandi. Bunday lahzalarda Yerning boshqa chekkasidagilar ham bundan uyalib ketishgandi. Amerikaliklar nimalarni his qilishganini tasavvur qilish mushkul emas.
Baydenning omma oldida kognitiv qobiliyatlarini testdan o‘tkazish Amerika uchun Afg‘onistondagi qochishdan ham ko‘ra sharmandaliroq bo‘lgan bo‘lardi. Biroq ular, albatta, odatlanishmaydi. Saylovlar tugashi bilan “cho‘loq o‘rdak” ovi mavsumi boshlanadi. AQSh prezidentini yangi sinovlar kutapti. Odamlarcha, albatta, Jo Baydenga achinadi kishi. Qariyani o‘z holiga qo‘yishsa bo‘lardi...
Yangiliklar lentasi
0