Aziz Abduhakimov va Zurab Pololikashvili o‘zbek mantisi va gruzin xinkalisini tayyorlashdi

Obuna bo‘lish
UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvilining "Amirsoy"ga tashrifi davomida kulinar bellashuv o‘tkazildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 7 noya — Sputnik. BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov birgalikda milliy taomlar tayyorlashdi.
Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmatining Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvilining "Amirsoy"ga tashrifi davomida kulinar bellashuv o‘tkazildi.
Unda Pololikashvili va bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov qatnashdi. Zurab Pololikashvili gruzin, Aziz Abduhakimov esa o‘zbek milliy taomlarini tayyorlagan.

“Aziz Abduhakimov o‘zbek milliy taomi manti, Zurab Pololikashvili esa gruzin taomi xinkali tayyorladi. Qadriyatlari yaqin ikki millatning taomlari ham bir-biriga o‘xshaydi”, - deya ma’lum qildi vazirlik matbuot xizmati.

Bellashuv yakunda do‘stlik g‘alaba qozongan.
Umuman olganda, gruzin taomlari ham o‘zbek milliy taomlari bilan o‘xshash. Xinkali o‘zbek mantisini eslatuvchi taom bo‘lib, manti bug‘da pishirilsa, xinkali suvda qaynatib pishiriladi.
Eslatib o‘tamiz, UNWTO bosh kotibi Samarqandda bo‘lib o‘tgan II O‘zbekiston iqtisodiy forumida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan edi. "Amirsoy" tog‘-chang‘i kurortida Pololikashvili ishtirokida "O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslar" mavzusida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. U shuningdek, "Yashil makon" tashabbusi doirasida daraxt o‘tqazish tadbirida qatnashdi.
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Butunjahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili va Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0