https://oz.sputniknews.uz/20221106/wp-aqsh-ukrainadan-rossiya-bilan-muzokaralarga-ochiq-ekanini-korsatishni-soramoqda--29751313.html
WP: AQSh Ukrainadan Rossiya bilan muzokaralarga ochiq ekanini ko‘rsatishni so‘ramoqda
WP: AQSh Ukrainadan Rossiya bilan muzokaralarga ochiq ekanini ko‘rsatishni so‘ramoqda
Sputnik O‘zbekiston
AQSh rasmiylari Kiyevning muzokaralardan rasman bosh tortgani ayrim mamlakatlarda mojaroning iqtisodiyotga ta’siridan xavotir uyg‘otganini tan olishgan. 06.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-06T14:47+0500
2022-11-06T14:47+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0d/20889118_312:708:2694:2048_1920x0_80_0_0_e762a0da13ea31997fd07bdeca80198d.jpg
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina rahbariyatini Rossiya bilan muzokaraga ochiq ekanini ko‘rsatishga chaqirmoqda. “The Washington Post” (WP) gazetasi manbalariga tayangan holda yozmoqda.Aniqlik kiritilishchia, bu Ukrainani muzokaralarga undash istagini anglatmaydi, aksincha, Kiyev hukumatining boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashga urinishdir.AQSh rasmiylari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning muzokaralardan rasman bosh tortgani Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasidagi ayrim mamlakatlarda mojaroning iqtisodiyotga ta’siridan xavotir uyg‘otganini tan olishgan.4 oktabr kuni Kiyev Moskva bilan muzokaralardan rasman bosh tortdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi qarorini amalga kiritdi.Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-sentabr kuni Kiyevni zudlik bilan harbiy harakatlarni bas qilish va muzokaralar stoliga qaytishni chaqirganidan keyin ro‘y berdi. Rossiya hukumati mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilish uchun muzokaralarga tayyorligini takrorlab keladi, Ukraina esa muzokaralardan bosh tortib kelmoqda.Rossiya-Ukraina muzokaralariRossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi.Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.Mavzuga oid:
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/0d/20889118_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_35a36c37a06e33bd62d53b721001d838.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, rossiya
WP: AQSh Ukrainadan Rossiya bilan muzokaralarga ochiq ekanini ko‘rsatishni so‘ramoqda
14:47 06.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) AQSh rasmiylari Kiyevning muzokaralardan rasman bosh tortgani ayrim mamlakatlarda mojaroning iqtisodiyotga ta’siridan xavotir uyg‘otganini tan olishgan.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukraina rahbariyatini Rossiya bilan muzokaraga ochiq ekanini ko‘rsatishga chaqirmoqda. “The Washington Post” (WP) gazetasi manbalariga tayangan holda
yozmoqda. Aniqlik kiritilishchia, bu Ukrainani muzokaralarga undash istagini anglatmaydi, aksincha, Kiyev hukumatining boshqa davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashga urinishdir.
AQSh rasmiylari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning muzokaralardan rasman bosh tortgani Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasidagi ayrim mamlakatlarda mojaroning iqtisodiyotga ta’siridan xavotir uyg‘otganini tan olishgan.
“Ukrainadan charchash ba’zi hamkorlarimiz uchun haqiqiy narsadir”, — degan gazeta suhbatdoshlaridan biri.
4 oktabr kuni Kiyev Moskva bilan muzokaralardan rasman bosh tortdi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi qarorini amalga kiritdi.
Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30-sentabr kuni Kiyevni zudlik bilan harbiy harakatlarni bas qilish va
muzokaralar stoliga qaytishni chaqirganidan keyin ro‘y berdi. Rossiya hukumati mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilish uchun muzokaralarga tayyorligini takrorlab keladi, Ukraina esa muzokaralardan bosh tortib kelmoqda.
Rossiya-Ukraina muzokaralari
Rossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar
bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni
davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini
tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar
bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi.
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar
yaratayotganini aytdi.