Sankt-Peterburg gubernatorining O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tish Aleksandr Beglov
 Aleksandr Beglov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2022
Obuna bo‘lish
Aleksandr Beglov boshchiligida katta delegatsiya Toshkent va Samarqandda uchrashuvlar o‘tkazadi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Rossiyaning Sankt Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligida katta delegatsiya 7-9 noyabr kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Sputnik muxbiri ma’lumotlariga ko‘ra, Beglov tashrif doirasida Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan uchrashadi. Sanoat kooperatsiyasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan Sankt-Peterburgning yirik kompaniyalari ishtirokida biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sankt Peterburg gubernatori tashrif doirasida Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad qamalidan aziyat chekkanlarni qabul qilgan o‘zbeklarga minnatdorchilik belgisi sifatida Leningrad yodgorligi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda. Qolavarsa, rossiyalik mehmonlar G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi bilan tanishishadi.
Bundan tashqari, Sankt Peterburg shahri gubernatori Samarqandda bo‘ladi va viloyati hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashadi. A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat universal ilmiy kutubxonasiga borish ham ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0