Poytaxt hokimligi aholini kuchli shamol va yog‘ingarchilikdan ogohlantirdi

© Sputnik / Aleksandr KrajevOsen, arxivnoe foto
Osen, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2022
Obuna bo‘lish
Hokimlik fuqarolardan avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘ramoqda.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi fuqarolarni 7—8 noyabr kunlari bo‘lishi kutilayotgan kuchli shamol va yog‘ingarchilikdan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, O‘zgidromet markazi ma’lumotiga ko‘ra, 7-8 noyabr kunlari Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
“Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0