https://sputniknews.uz/20221106/moliyaviy-qoidabuzarlik-haqida-xabar-berganlar-mukofotlanishi-mumkin-29748984.html
Moliyaviy qoidabuzarlik haqida xabar berganlar mukofotlanishi mumkin
Moliyaviy qoidabuzarlik haqida xabar berganlar mukofotlanishi mumkin
Davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarlik haqida xabar berganlarni ragʻbatlantirish taklif qilinmoqda. 06.11.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-11-06T11:31+0500
2022-11-06T11:31+0500
2022-11-06T11:31+0500
jamiyat
moliya vazirligi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363521_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_eb06e05ac1f98f9394d15f2294c6012f.jpg
TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda davlat moliyaviy nazorati sohasidagi qoidabuzarlik haqida xabar berganlarni ragʻbatlantirish taklif qilinmoqda. Moliya vazirligi tegishli nizom loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻygan.Hujjatga koʻra, davlat moliyaviy nazorati obʼyektlarida mablagʻlarning va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadiga, oʻzlashtirishga, talon-tarojliklarga yoʻl qoʻyilishi holatlari haqida “Davlat auditi” maxsus dasturi orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari toʻlanadi:Mukofot puli huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan yetkazilgan zarar undirilgandan soʻng naqd pulsiz koʻrinishda, yaʼni shaxsning bank plastik kartasiga oʻtkaziladi.Qoidabuzarliklar haqida xabarlarni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasiga yuborish kerak boʻladi. Buning uchun yagona identifikatsiya tizimida (One ID) roʻyxatdan oʻtgan boʻlish kerak.Huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar faqat Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi tomonidan saqlanadi va uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.Hujjat muhokamasi 17 noyabrga qadar davom etadi.Avvalroq davlat organlari va tashkilotlarining qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar haqida xabar berganlik uchun mukofotlanishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363521_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_68cdc035195c3ff2ac606e85092b5880.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
moliya vazirligi
Moliyaviy qoidabuzarlik haqida xabar berganlar mukofotlanishi mumkin
Davlat moliyaviy nazorati sohasida qoidabuzarlik haqida xabar berganlarni ragʻbatlantirish taklif qilinmoqda.
TOSHKENT, 6 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda davlat moliyaviy nazorati sohasidagi qoidabuzarlik haqida xabar berganlarni ragʻbatlantirish taklif qilinmoqda. Moliya vazirligi tegishli nizom loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga
qoʻygan. Hujjatga koʻra, davlat moliyaviy nazorati obʼyektlarida mablagʻlarning va tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadiga, oʻzlashtirishga, talon-tarojliklarga yoʻl qoʻyilishi holatlari haqida “Davlat auditi” maxsus dasturi orqali xabar bergan jismoniy shaxslarga quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari toʻlanadi:
Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 30-100 baravarigacha zarar bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklar boʻyicha – BHMning 1 baravari miqdorida (hozir u 300 ming soʻm);
BHMning 100-300 baravarigacha zarar bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklar boʻyicha – BHMning 2 baravari miqdorida;
BHMning 300-500 baravarigacha zarar bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklar boʻyicha – BHMning 3 baravari miqdorida;
BHMning 500 baravaridan ziyod zarar bilan bogʻliq boʻlgan huquqbuzarliklar boʻyicha – BHMning 4 baravari miqdorida.
Mukofot puli huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan yetkazilgan zarar undirilgandan soʻng naqd pulsiz koʻrinishda, yaʼni shaxsning bank plastik kartasiga oʻtkaziladi.
Qoidabuzarliklar haqida xabarlarni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasiga yuborish kerak boʻladi. Buning uchun yagona identifikatsiya tizimida (One ID) roʻyxatdan oʻtgan boʻlish kerak.
Huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar faqat Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi tomonidan saqlanadi va uchinchi shaxslarga oshkor etilmaydi.
Hujjat muhokamasi 17 noyabrga qadar davom etadi.
Avvalroq davlat organlari va tashkilotlarining qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar haqida xabar berganlik uchun mukofotlanishi mumkinligi
xabar qilingan edi.