Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Kiyev halok bo‘lganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirmoqda – ukrainalik asir

© AFP 2023 / Yasuyoshi ChibaRaneniy ukrainskiy voyennoslujashiy v Xarkovskoy oblasti
Raneniy ukrainskiy voyennoslujashiy v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2022
Obuna bo‘lish
Asirga tushgan Ukraina Qurolli kuchlari harbiysi Kiyev nega halok bo‘lgan askarlar haqidagi ma’ulmotlarni sir tutishini aytdi.
TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Ukraina qo‘mondonligi halok bo‘lgan askarlarning oilalariga kompensatsiya to‘lamaslik uchun ularga oid ma’lumotlarni sir tutmoqda. Bu haqda asirga tushgan Ukraina Qurolli kuchlarining 25-alohida hujumchi brigadasi harbiy xizmatchisi Aleksandr Barlyan ma’lum qildi.
“Brigadamiz kompensatsiya to‘lamaslik uchun kamida meni bedarak yo‘qolgan deb rasmiylashtirgan”, - dedi asir. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Barlyanning tushuntirishicha, bedarak yo‘qolganlar uchun kompensatsiya to‘lash ko‘zda tutilmagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oilalarningpul olishi hamisha ham oson kechmaydi, hatto harbiy xizmatchi rasman dafn etilgan bo‘lsada.
“Yo‘qotishlar katta, pul esa shunchaki hammaga yetmaydi”, - deya qo‘shimcha qildi ukrainalik asir.
Barlyan Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oilasi 15 mln grivna olishi kerakligiga aniqlik kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0