Samarqand sammiti: qoldirilgan darslar qaysi kunlar hisobidan to‘ldirilishi ma’lum qilindi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishElektronniy urok v moskovskoy shkole
Elektronniy urok v moskovskoy shkole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2022
Obuna bo‘lish
Samarqandda sammit sababli qoldirilgan darslar qaysi kunlar hisobidan to‘ldirilishi ma’lum qilindi
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Samarqanddagi maktab o‘quvchilarining ShHT sammiti sabab qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldirilishi haqida xabar berilgan edi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi darslar o‘tkaziladigan sanalar haqida ma’lumot berdi.
Samarqandda sentabr oyida ShHT davlat rahbarlarining oliy darajadagi sammiti o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqand shahridagi maktablarda darslar 19-sentabrdan boshlangandi.
Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining qaroriga ko‘ra, Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga, shuningdek, Oqdaryo,Toyloq, Samarqand tumanlarining mahalliy kengashlari qarorlari va Jomboy tuman hokimligining tegishli farmoyishiga asosan, Samarqand tumanidagi 3 ta (7-, 23-, 53-), Toyloq tumanidagi 5 ta (11-, 12-, 15-, 17-, 59-), Oqdaryo tumanidagi 5 ta (25-, 38-, 39-, 41-, 48-), Jomboy tumanidagi 6 ta (5-, 6-, 8-, 22-, 20- va 44-sonli) umumta’lim maktablariga 5—19 sentabr kunlari navbatdan tashqari ta’til berilib, qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida beriladigan ta’tillar hisobiga qoplanishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, muassasalarda qoldirilgan darslar kuzgi ta’til (4-, 5-, 7- va 8-noyabr hisobidan, 9-, 10-, 12-, 13-, 14-sentabr kunlari qoldirilgan darslar o‘rni qishki ta’til kunlarining oxirgi 5 kuni hisobidan, jami 5 o‘qish kuni; 2022-yilning 15-, 16-,17 sentabr kunlari qoldirilgan dars mashg‘ulotlari o‘rni 2023-yil bahorgi ta’tilning oxirgi 3 o‘qish kuni hisobidan to‘ldiriladi.
Yangiliklar lentasi
0