O‘zbekistonga qancha rossiyalik keldi – FXX statistikasi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent
Vstrecha pervix passajirov v novom mejdunarodnom terminale aeroporta Tashkent  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2022
Obuna bo‘lish
Federal xavfsizlik xizmati rossiyaliklarning xorijga chiqib ketishi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Federal xavfsizlik xizmati (FXX) iyuldan sentabrgacha bo‘lgan davrda rossiyaliklarning xorijga chiqib ketishi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
2022 yil iyuldan sentabrgacha jami 9,7 mln rossiyalik xorijga ketgani qayd etildi. Bu pandemiyadan oldingi 2019-yilga nisbatan past (16,1 mln).
Eng ko‘p Abxaziyaga - deyarli 2,5 mln kishi. Ikkinchi o‘rinda Turkiya (deyarli 2,1 mln kirish, asosan turizm maqsadida).
Qozog‘iston (1,3 mln), Armaniston (267 ming), Qirg‘iziston (167 ming) va Tojikiston (103 ming) rossiyaliklar soni bo‘yicha 5-yillik rekordni yangiladi.
Uchinchi chorakda Rossiyadan O‘zbekistonga 126 ming kishi keldi. Gruziyaga - 461 ming kishi.
FXX statistikasida Rossiya fuqarolarining Belarusga chiqib ketishi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0