Ne’matov Sankt-Peterburgning MDH faoliyatidagi rolini yuqori baholadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIlxom Nematov - Perviy zamestitel ministra inostrannix del
Ilxom Nematov - Perviy zamestitel ministra inostrannix del - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2022
Obuna bo‘lish
Sankt-Peterburgdagi konferensiyada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ishtirok etdi.
TOShKENT, 5 noya — Sputnik. 3 noyabr kuni Rossiyaning shimoliy poytaxtida “Rossiya va MDH davlatlari o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirishda Sankt-Peterburgning o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi.

“Konferensiyada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ishtirok etdi”, deb xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ilhom Ne’matov ta’kidlashicha, global diplomatik jarayonlarning vektori va mazmunini belgilashda MDHning o‘rni katta.
“2022 yilning dastlabki yakunlari hamdo‘stlik mamlakatlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, yuk tashish va xizmat ko‘rsatish sohasi o‘sishda davom etayotganini ko‘rsatmoqda. MDHga a’zo davlatlarning milliy iqtisodiyotlarini raqamlashtirish jadal rivojlanmoqda. Mamlakatlarimiz texnologik va axborot mustaqilligini mustahkamlash borasida faol ish olib bormoqda”, dedi u.
Sankt-Peterburg integratsiya jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bu, birinchi navbatda, parlamentlararo hamkorlik poytaxti – aynan shu yerda MDH Davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining shtab-kvartirasi joylashgan.
Bu yerda ham doimiy ravishda muhim madaniy, iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
“Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi, Xalqaro madaniyat forumi, MDH davlatlarining “Rossiyadagi uchrashuvlar” xalqaro teatr festivali, Nevskiy ekologik kongressi,Sanoat xavfsizligi xalqaro forumi shular jumlasidandir”, dedi Ne’matov.
Joriy yilning oktabr oyida Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH sammiti chog‘ida davlat rahbarlari Sankt-Peterburgni 2023-yilda Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti deb e’lon qilishga qaror qilgan edi.
“Sankt-Peterburg – MDH davlatlari bilan madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun beqiyos salohiyat, boy an’ana va imkoniyatlarga ega shahar”, dedi Ne’matov.
Yangiliklar lentasi
0